Sochiluvchan materiallarning donalar shakliga mos bỹshliqligi
1.2-jadval
Donalar shakli
Bo‘shliqlik,%
Joylashtirishda
O‘rtacha
Nisbatan yuqori
zichlik
Nisbatan kichik
zichlik
Kublar
0
87,1
43,55
Oktaedrlar
12,1
83,9
48,05
Dodekaedrlar
14,1
60,7
37,4
112
Ikosaedalar
10,3
59,9
35,1
SHarlar
26,2
47,6
36,9
Standartlarda to’ldiruvchilarning donalari shakli ularning ỹlchamiga
qarab baholanadi. Masalan UzRST da shag‘al va shag‘alda plastinkali va
ninasimon donalar salmog‘i (to‘ldiruvchilarning eni va qalinligi uzunligida 3
martta kichik) ko‘rsatilgan.
UzRSTda g‘ovak to’ldiruvchilar uchun donalar shakli koeffitsienti
quyidagicha aniqlanadi:
кичик
катта
ф
Д
Д
R
,
bu erda:
D
katta
va D
kichik
― donalarning eng katta va eng kichik ỹlchamlari, mm
Donalarni ỹlchash shtangensirkul uskunasi bilan amalga oshiriladi.
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi
turli kattalikdagi donalarning mavjudligi bỹlib, to’ldiruvchining ỹrtacha
namunasini standart elakdan ỹtkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar
tỹplami quyidagi ỹlchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63;
1,25; 2,5; 5; 10; 20; 40; 70 mm va xokozo.
To’ldiruvchilar birinchi ravishda eng kichik va eng katta yiriklikni
xarakterlaydi. Eng kichik -
D
kichik
yirikligi deb, shunday ỹlchamli standart elakka
aytiladiki, to’ldirgich namunasini elaganda 95% dan kam bỹlmagan namuna
qoladi va faqat 5% dan kỹp bỹlmagan namuna ỹtadi (massa bỹyicha). Eng katta
yiriklik deb -
D
katta
shunday
ỹlchamli standart elakka aytiladiki, to’ldiruvchilar
namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bỹlmagan
namuna ỹtadi (massa bỹyicha).
Eng katta va eng kichik yiriklikdagi donadorlik tarkibiga mos
xarakterlanadi, masalan: 5 - 40mm yirikligidagi shag‘al(chakik tosh) uchun
D
eng
katta
=40mm:
D
eng
kichik
=5mm.
Bir fraksiyali to’ldiruvchilar deb, uning donalaridagi eng yirik va eng
kichik yirikligi bir-biriga yaqin va 5-10, 10-20, 20-40 mm ko‘zli standart elaklar
tỹplamini tashkil etadi.
113
Masalan, 5-20mm yirikligidagi to’ldiruvchi ikki xil fraksiyadagi
aralashmadan tashkil topadi.
Qurilishda standart bo‘yicha nisbatan tor fraksiyali to‘ldiruvchilarga
ruxsat etiladi va samarali ishlatiladi. Masalan 10-15mm ëki 15-20 mm.
To’ldiruvchilarning bỹshliqligi turli fraksiyalarning aralashmasida
kamayadi, yani kichik donalar nisbatan katta donalar orasini to’ldiradi va
xajmini nisbatan qulay to’ldiradi. SHu sababli to’ldiruvchilar aralashmasi uchun
donadorlik tarkib muhim rol ỹynaydi.
Uzluksiz donadorlik tarkib deb, to’ldiruvchi namunasining standart
elakdan ỹtkazganda barcha elaklarda qoldiq qolsa va to’ldiruvchi aralashmasida
D
engkatta
dan
D
engkichik
gacha bulgan barcha fraksiyali to’ldiruvchilarga aytiladi.
Agar to’ldiruvchi aralashmasi tarkibida bir fraksiyali to’ldiruvchilar
bỹlmasa, u xolda uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb ataladi.
Masalan shag‘al ëki shag‘al aralashmasi uchun 5-10mm va 20-40 mm (10-20
mm oraliq fraksiya yỹq) uzlukli bỹladi.
B.Nikolaev ỹzining izlanishlarida uzlukli donadorlik tarkibdagi
donadorlik tarkibi haqida va ularning aralashmasida minimal bỹshliqqa erishish
tỹg‘risida malumot beradi. Uzlukli donadorlik tarkibdagi to’ldiruvchilarni
qo‘llash sohasi chegaralangan, biroq beton texnologiyasida qỹllash
kengaymoqda.
To’ldiruvchilarning strukturasi
To’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi moddalar amorf ëki
kristall, shu bilan birga g‘ovak ëki zich strukturani tashkil etadi. Umumiy turda
2ta turli strukturani kỹrib chiqamiz. Materiallarning amorf strukturasi izotrop
xolati bilan aniqlanadi, yani bunday materiallarning xususiyatlari barcha
yunalishlarda bir xil bo‘ladi.
Bu ijobiy faktor xisoblanadi, yani beton texnalogiyasida to‘ldiruvchilar
donalarini tỹg‘ri joylashtirish va boshqarish qiyin kechadi. Kristallar anizatrob
xisoblanib, temperaturaviy deformatsiyaning taqsimlanishidan va boshqa
ta’sirlardan yuzaga keladi. Agar kristallar to‘ldiruvchi donalariga nisbatan
114
kichik va material buyicha tartibsiz joylashgan bulsa, bunday to‘ldiruvchi
donasini izatrop deyiladi.
SHu sababli kristall tosh jinslar asosidagi to’ldiruvchilar uchun mayda
donadorlik katta ahammiyatga ega. G‘ovak materiallar izatrop va anizatrop
bỹlishi mumkin. Anizatrop g‘ovak materiallarga ëg‘och kiradi. Uning
strukturasi–tolali bulib, materialning xususiyati tolaning bỹylama va kỹndalang
o‘lchamlariga, joylashish tartibiga bog‘liq.
Izatrop materiallarning ikki xil strukturasini kỹrib ỹtamiz:
yacheykali va donali.
1. YAcheykali struktura bu, qattiq materialning umumiy muhitida
g‘ovaklar butun xajm bỹyicha alohida ëpiq(shartli ëpiq) yacheykalar holatida
(rasm-2.7,a )uchraydi.
2.Donali struktura bu, qattiq material donalarining ỹzaro elimlangan
(rasm-2.7,b) kurinishidir.
Tabiiy pemza, keramzit, agloporit, termolit, azerit va boshqa sun’iy
g‘ovak to‘ldiruvchilar yacheykali strukturaga ega. G‘ovak oxaktosh asosidagi
shag‘al, chig‘anoqlar, tuflar donali strukturaga ega.
Donali strukturali materiallarning suvshimuvchanligi yuqori bo‘ladi,
yacheykali materiallarning suvshimuvchanligi kamroq va mustahkamligi yuqori
bo‘ladi.
Bunday materiallarning donalarini yirikligi yacheykali materiallar
g‘ovaklari yirikligi kabi bo‘ladi, faqat u ëki bu strukturalarning xususiyatlaridan
kelib chiqib yuzaga keladi.
a)
b)
Dostları ilə paylaş: |