204
1
.
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
.
Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va
eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek,
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan
qurilish
materiallari
sanoatidagi
tarkibiy
o‘zgartirishlarni
yanada
chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-
sonli “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida Oliy ta'lim tizimini
tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda,
kadrlar
tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos
oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini
ta'minlash maqsadida bir qator vazifalar belgilab qo‘yilgan. Jumladan:
-ta'lim jarayonini, oliy ta'limning o‘quv
reja va dasturlarini yangi
pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish;
-yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim
muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini
zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash.
Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlariida belgilab qo‘yilgan, vazifalari talabidan
kelib chiqqan holda yangidan tayyorlanadi.
Ishchi o‘quv dasturida ma'ruza, amaliy, tajriba mashg‘ulotlari
va kurs
loyihasini bajarish uchun ma'lumotlar keltirilgan. «Beton va temir-beton
buyumlarini ishlab chiqarish”fani betonlarning umumiy texnologiyasini
o‘zlashtirish, yig‘ma temir-beton ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari, beton
xususiyatlariga ta'sir etuvchi omillar, buyum tayyorlash texnologiyasi, fan tarixi
va rivojining tendensiyasi va hududiy muammolarning
qurilish sohasida
ishlatiladigan vositalar masalalarini qamraydi
.
“Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi” fani ixtisoslik fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda (5 va 6-semestrida) o’qitilishi
maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: