205
xususiyatlariga ta'sir etuvchi omillar, beton to‘ldiruvchilar texnologik jarayonni
tashkil qilishning umumiy asoslari, umumiy tushunchalar, fan o‘qitiladigan
bakalavr ta'lim yo‘nalishlari profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga beton to‘ldiruvchilar tayyorlash, texnologik
jarayonni optimal variantini tanlash, iqtisodiy asoslash, beton to‘ldiruvchilar
texnologiyasi, beton to‘ldiruvchilarning xossalarini yaxshilashdan iborat.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda engil betonlar uchun to‘ldirgichlarni
olishda ularning xususiyatlarini, ishlab chiqarish texnologiyasini, qo‘llash
joylarini, to‘ldirgichlar sifatida ishlatiladigan engil, tabiiy, sun’iy toshlarning
xususiyatlarini, beton xususiyatiga to‘ldirgichlarning ta’sirini, fizik-mexanik,
termik xossalarini o‘rganishi bo‘yicha ushbu fan o‘qitiladigan bakalavr ta’lim
yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga turli xom ashyolar, og‘ir va engil turdagi
to‘ldirgichlar sifatida ishlatiladigan mineral xom ashyolar, xom ashyodagi
asosiy minerallarning tarkibi, granulometrik va mineralogik tarkiblari,
to‘ldirgichlar olish texnologiyasini loyihalash jarayoni, keramzit, agloporit,
qumoqlangan keramzit, shlakli pemza, perlit, ko‘pchitilgan perlit, dolomit olish
texnologiyasi, karer ishlari, loyga ishlov berish, ularni quritish, kuydirish,
sovutish, aglomeratsiya jarayonini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
beton to‘ldiruvchilar uchun ishlatiladigan materiallarning tarkibi;
beton to‘ldiruvchilarni tayyorlash kasbiga malakaviy va axloqiy
talablar;
beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi ;
beton to‘ldiruvchilarnning asosiy fizika-mexanikaviy xossalari;
beton to‘ldiruvchilarga issiqlikni sarf bo‘lishi;
beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarish usullari bo‘yicha nazariy-
amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: