3.7 Hududning muhandislik tayyorgarligi va landshaft
arxitekturasini tashkil etish
Qishloq fuqarolari yig‘ini hududini muhandislik tayyorgarligi va
landshaft arxitekturasi ekologik, estetik va iqtisodiy talablarga javob
beradigan yaxlit yashash muhitini yaratishga
qaratilgan hududni
qurish, ko'kalam lashtirish, irrigatsiya va muhandislik tayyorgarligi
bo‘yicha o ‘zaro bogMiq chora-tadbirlar kompleksini o ‘z ichiga oladi.
Qishloq fuqarolari yigMni yoki qishloq xo'jalik korxonasi hududining
muhandislik tayyorgarligiga doir tadbirlami ishlab chiqishda ko'ri-
layotgan hudud doirasida va uning tashqarisidagi xalq xo'jaligiga oid
barcha tarm oqlam ing talablarini hisobga olish kerak bo'ladi. Tadbirlar
tarkibi iqlimga oid tavsifnoma, fizik-geologik
va gidrogeologik izla-
nishlar, radio-ekologik tekshiruvni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ko'rilayotgan hududdagi ekologik barqarorlikni saqlash land-
shaftni tashkil etishga qo'yilgan asosiy talab hisoblanadi. Ayniqsa,
zararli ta ’sir darajasi yuqori bo'lgan korxonalami joylashtirishda ana
shu talablam ing hisobga olinishi o 'ta muhim ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasidagi tabiiy sharoitlarga muvofiq hudud
ning m uhandislik tayyorgarligi bo'yicha tadbirlami quyidagi turlarga
bo'lish zarur:
1. Butun hududga taalluqli umumiy choralar: vegetatsiya davrida yo-
g'inlam ing kam bo'lgani uchun ko'kalamzorlami sun’iy sug'orish; tabiiy
yoki sun’iy gidrografik tarmoqni me’yorga solish,
yer maydonlarida re-
kultivatsiya ishlarini bajarish; antiseysmik tadbirlar, vertikal rejalashtirish.
2. Alohida aholi punktlari hududlariga tegishli maxsus choralar:
sizot suvlarining sathi yuqori bo'lgan hududlarda ularning sathini
pasaytirish; yer ko'chishi, siljishi va turli maqsadli suv oqimlarining
qirg'oqlarini yemirilishdan himoya qilish; sel oqimlari va toshqin suv-
lari bosib ketishidan himoya qilish; yercho'kishiga qarshi tadbirlar.
3. Sug'orish. Sug'orish tizimi tabiiy namlashtirish yetarli bo'lmagan
sharoitda sug'oriladigan massivning ildiz rivojlanuvchi tuproq qatlamida
optimal suv-tuz rejimini
saqlanishini, qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori
va barqaror hosil olinishini ta’minlaydigan inshootlar, binolar va quril-
malaming o'zaro bogMiq kompleksini o 'z ichiga olishi lozim.
Sug'orish tarm og'ining optimal konstruksiyasini tanlash tarmoq
variantlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini solishtirish asosida
amalga oshirilishi lozim.
135
O rtiqcha suvlar (yer usti yoki sizot suvlar) m avjud bo'lganida su-
g'orish kanallaridan tashqari suvni y ig 'ib oladigan
va chiqarib tashlay-
digan ham da kollektor-drenaj tarmoqlarini ham loyihalashtirish zarur.
Sug'orish tizim ining tarkibiga quyidagilar kiradi: turli kanallar
(doim iy va m uvaqqat), suv yig'ish-chiqarib tashlash va drenaj tarmoq-
lari, gidrotexnik inshootlar, eroziyaga qarshi inshootlar, daraxtzorlar,
to 'g 'o n la r.
Sug'orishga doir suv sarfmi sug'orish tartibi,
hudud balansi, hu-
dudning ayrim qism larini ko'kalam zorlashtirish foiziga muvofiq su
g 'orish normalari asosida aniqlash lozim. S ug'orish normalari yashil
m aydonlam ing dendrologik tarkibi hamda gidromodui hududlashtirish
asosida qabul qilinadi. Qattiq qoplamalami yuvish va namlashdagi suv
sarfi sutkasiga 1 m: qoplamaga 3 1/suv hisobidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Kollektor-drenaj tarm og'i ortiqcha suvlar (yer usti yoki sizot
suvlar) m avjud bo'lganida sug'orish kanallaridan tashqari suvni yig'ib
oladigan va chiqarib tashlaydigan kollektor-drenaj
tarmoqlarini ham
loyihalashtirish zarur.
Drenaj tizim ini tashkil qilish zarurati sug'orish va quritish talab
qilinadigan yerlam ing maydonlaridagi tuproqlam ing meliorativ xarita-
lari va agroiqtisodiy ishlanmalar m a’lumotlari asosida belgilanadi.
Drenaj - sho'rlangan tuproqli hududlarda barqaror joylashuvni
ta ’m inlashga yoki yerlarni qayta sho'rlanishini oldini olishga qara-
tilgan m eliorativ chora-tadbirlar kom pleksining tarkibiy qismlaridan
biri hisoblanadi. Quritish tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
suv qabul
qilgichning sozlanadigan qismi, suv o'tkazish, suv to'sish va sozlash
tarm oqlari, nasos stansiyalari, to 'g 'o n lar.
D renlam ing minimal nishabliklarini 23-jadvalga muvofiq qabul
qilish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: