5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH
Reja:
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
5.2. Tashkilotning
ichki va tashqi muhiti
5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari
5.4. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
5.5.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
5.6.Tashkilotni
strategik boshqarish
Tayanch iboralar:
tashkilot, ichki va tashqi muhit, strategiya, tashkiliy tuzilma,
samaradorlik, gurux, moddiy va moliyaviy resurslar
5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik
kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan
aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob
berishi kerak:
juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita
shaxsni
mavjud bo‘lishi;
juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul
qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi;
maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini
mavjud bo‘lishi.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim
sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi
muhitdan resurslarni oladi, chiqishga
yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga
oshiradi:
-tashqi muhitdan
resurslarni olish;
-mahsulotni ishlab chiqarish;
-uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar.
Buning ustiga, tashkilotning
muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur.
Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan
tashkil topgan