5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja

“O‘zini o‘zi boshqarish”
atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi 
va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida 
ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi.
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy 
vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko‘proq foyda olishdir. 
Ikkinchi bosqich – tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – qisqa 
muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab olish. 
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar 
bo‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa - korxonaning 
obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni 
talab qiladi. 
To‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi 
natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy 
maqsadi mavjud o‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. 
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti 
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda(ichki va 
tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l 
qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati 
va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri 
natijasidir. 
Tashkilotning 
ichki muhiti 
uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi. U o‘z ichiga 
tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va 
yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha 
faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi 
bo‘lishi mumkin. 
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan 
iborat bo‘ladi. -tashkiliy tuzilma; 
-tashkilot ichidagi jarayonlar; 
-texnologiya; 
-xodimlar; 
-tashkiliy madaniyat. 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin