63
YAIMni hisoblashda takroriy hisoblarga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning tarkibiga
faqat pirovard mahsulotlar
(tovar va xizmatlar) qiymatlari kiritiladi.
YAIM hajmini aniq va to’g’ri hisob-kitob qilish uchun ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar faqat bir
marta hisobga olinishi lozim. Ko’pgina mahsulotlar bozorga tushguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichlaridan
o’tadilar. Natijada ko’pchilik mahsulotlarning ayrim komponentalari bir necha marta sotiladi va sotib olinadi. Mahsulot
qismlarini ko’p marta hisobga olinishini
bartaraf qilish maqsadida, YAIMni hisob-kitob qilishda faqat pirovard
mahsulotlarning bozor qiymatlari hisobga olinadi va oraliq mahsulotlari pirovard mahsulot
qiymatlarida hisobga
olinganligi sababli chegirilidi. Oraliq mahsulotlarini hisobga olish takroriy hisobga olib kelib, YAIM hajmini sun’iy
tarzda oshirib, bo’rttirib yuboradi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha oldi-sotdi bitimlari pul aktivlari bilan almashuvni ifodalagani
uchun joriy ishlab
chiqarish hajmini bevosita ko’payishiga olib kelmaydi.
YAIM tarkibiga oldingi davrlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishning kiritilmasligiga asos bo’lib, ushbu
mahsulotlarning o’sha – ishlab chiqarilgan vaqtda hisobga
olinganligi hisoblanadi, aks xolda bu takroriy hisobga olib
keladi.
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan
barcha turdagi
xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: