Haydovchilarniig ish rejimlari
Haydovchining ish vaqti uning avtomobilni bosh qarish, ishga chiqishga
tayyorgarlik ko‘rish va ish nihoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni
qabul etish va topsh irish , yonilg‘i quyish , hujjatlarni rasmiylashtirish va bosh qa),
sog‘liqni tibbiy teksh irish vaqtlari yig‘indisidan iborat. Avtomobilni boshqarishdan
tashqari keltirilgan vaqt sarflari ularning marshrutda bo‘lish vaqtni qisqartirishi
sababli, ayni ishlarni bajarishga sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartirish yoki
minimumga keltirish zarur.
Haydovchi marshrutda smena davomida bir o‘zi yoki boshqa haydovchilar bilan
almashib ishlashi mumkin. Haydovchilar almashuvi usulida ular belgilangan grafik
bo‘yicha kun davomida almashishib ishlaydilar. Haydovchilar almashuvi marshrut
ichida yoki avtomobil saroyida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holda nolinchi
qatnov masofasi oshadi.
Transport ishi xafta davomida uzluksiz bo‘lishini hisobga olganda 5 kunlik ish
rejimiga binoan 5 avtomobilga 7 haydovchi, agar avtomobil ikki smena ishlaydigan
bo‘lsa 14 nafar haydovchi zarur bo‘ladi. Bunda haydovchilar almashib ishlashlari
599
sababli avtomobillar holatiga qarovga javobgarlik hissi pasayadi. Lekin, aytilganga
qaramay, ishni uzluksiz almashuvchi haydovchilar bilan tashkil etish ilg‘or (prof
yessiv) bo‘lib, avtomobillardan uzluksiz (haftaning 7 kunida) foydalanish imkoni
yaratiladi. Aytilgan (haydovchilar almashuvi usuli) usul bo‘yicha temir yo‘l, suv va
havo transportlarida qo‘llaniladi.
Nazoart savollari
1.
Haydovchilarning mehnatini tashkil qilishda necha smenali oylik grafiklari
tuziladi?
2.
Brigada pudratida ish tashkil qilganda qanday tadbirlarni bajarish ko‘zda
tutiladi?
3.
Haydovchining tayyorlov-tugallash ishlarini bajarishuchun kundalik tibbiy
ko‘rikni hisobga olib bir smena uchunnecha soat me’yorlangan vaqt ajratiladi?
4.
Haydovchi ish vaqtini nazorat qilish uchun qandayhisobot ishlari yuritiladi?
5.
Me’yordan oshgan ish soatlari oyda necha soatdanoshmasligi kerak?
6.
Me’yordan oshgan ish soatlari yiliga necha soatdanoshmasligi kerak?
7.
Haydovchilarning yo‘nalishda ishlashi necha smenalibo‘ladi?
|