Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
«Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro 
yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar –
fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishi-
lar jamoasi – fazilatli jamoadir. 
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – 
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish 
uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli 
bo‘ladi», degan hikmat muallifi Abu Nasr Forobiy Movaroun-
nahrdagi turk shaharlaridan bo‘lmish Forobdan chiqqan 
faylasufdir.
«Fozil odamlar shahri» asaridan: «Har qanday 
odam shahar-davlatga rahbarlik qilolmaydi. Rahbar 
bo‘lishning ikki sharti: 
1. Inson tabiatida rahbarlik qilish qobiliyati 
(ma’naviy va aqliy yetuklik) bo‘lishi zarur.
2. Bunday odam yuqori mavqeyi, insoniy fazi-
latlari, qobiliyatlari bilan xalq orasida hurmat 
qozongan bo‘lishi zarur. Rahbarlik sohasida 
tajriba orttirish ham muhim».
Bilasizmi?
Forobiy 
chizmalari 
asosida 
tayyorlangan 
musiqa 
asboblari


O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Loyiha ishi:
Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida rahbar insonda bo‘lishi ke-
rak bo‘lgan 12 ta xislat-fazilatni sanab o‘tadi. 
Jamoa bo‘lib, shu asarda berilgan o‘n ikki fazilat haqidagi ma’lumotlarni topishga harakat qiling. 
To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha taqdimot tayyorlang. 
1. Siz bu ro‘yxatga yana qanday fazilatlarni qo‘shish kerak deb hisoblaysiz? 
2. Forobiy asarlarini avvalgi mavzularda tanishgan Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asari bilan 
o‘xshashlik va farqli tomonlarini aytib bera olasizmi?
3. Ibn Sino Forobiyning «Arastu Metafizikasiga sharhlar» kitobini topganidan nega bunchalar xur-
sand bo‘lgan?
179
Forobiy – G‘arb faylasuflari asarlari sharhlovchisi
Forobiy turli bilimlarning nazariy tomonla-
ri, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi
uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mum-
kin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining 
ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rga-
nish ga bag‘ishlangan asarlar; 2) fanning turli so-
halariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari: Pla-
ton, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Porfiriylarning 
asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel 
asarlari («Metafizika», «Etika», «Ritorika», «So-
fistika» va b.)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tu-
shuntirib bera olgan, kamchiliklarini ko‘rsatgan, 
ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini 
ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Foro-
biyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina 
emas, o‘rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan 
tanishtirishda katta rol o‘ynadi. Bu uning ilmiy 
faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tash-
kil еtgan va Forobiyga o‘ziga xos maktab xizma-
tini o‘tagan hamda yangi mavzularda tadqiqotlar 
olib borish uchun zamin hozirlagan.
Mutafakkir o‘z asarlarini o‘sha davrda Sharq 
mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan 
arab tilida yozadi. Forobiy shuningdek, arab va 
fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham 
yozgan.
Forobiyning «Aristotel ”Metafizika” kitobining 
maqsadi to‘g‘risida» risolasi ayniqsa mashhur 
bo‘lib, uning ahamiyati haqida Abu Ali Ibn Sino 
shunday hikoya qiladi: «Aristotelning «Mo ba’da 
at-tabia» («Metafizika» – tabiatdan tashqari nar-
salar) asarini tushu nish o‘ta qiyin bo‘ldi. Bu kitobni 
yozgan kishining maqsadi menga noma’lum edi. 
Hatto uni qirq bor qayta o‘qidim, men uni va uning 
maq sadlarini tushuna olmadim. Undan umidim-
ni uzib, bu tushunib bo‘lmaydigan ekan, degan 
xulosa ga kelgan edim. Bir kuni kitob bozoridan 
arzimagan pulga Abu Nasr Forobiyning «Aristo-
tel ”Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida» 
kitobini sotib oldim. Bunday kitob topganimdan 
xursand bo‘lib, xudoga shukur qilib, ataylab ro‘za 
tutdim, faqirlarga sadaqa ulashdim». 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin