Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Bu tangalarning o‘ziga xos tomoni sug‘diy yozuvda bitilgani edi. Turkiy hokimlar 
tomonidan sug‘diy yozuvli tangalarning muomalaga kiritilishi iqtisodning o‘sishi va 
xalqaro savdoning rivojiga yordam bergan. Xususan, Choch savdogarlari sug‘diy 
tujjor
(savdogar)lar bilan chetga mahsulot olib chiqib, xorijdagi manzilgohlarida bir 
jamoa bo‘lib yashashgan. Bu savdo aloqalari xoqonlik xazinasiga daromad keltir
-
ganligi uchun xoqonlik o‘z hududida barcha savdogarlarni himoya qilgan. 
V–VII asr larda Turonda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlari o‘rna-
ti ldi va mustahkamlanib bordi. Ikkinchi tomondan, ko‘chmanchi chorva dorlarning 
be to‘xtov shiddat bi lan kirib kelishi hamda ularning o‘troqlashuvi kuzatildi. Mazkur 
omillar shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda aho li sining turmush tarzi-yu ijtimoiy 
ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘r satdi. 
46
Zangtepa qal’asi


X asrda yasha gan arab 
mualliflari (Ibn Xavqal 
va Ishtaxriy)ning qayd 
etishicha, bir gina Bin-
kat (Tosh kent)ning yi-
girma ikkita darvozasi 
bo‘lgan.
47
Mulohaza uchun
Ziroatkor yerlar kengayib, dehqon chilik 
vohalarining suv ta’ minoti tubdan yaxshi-
landi. Tog‘oldi maydonlariga suv chi qarilib, yangi yer
-
lar o‘zlash tirildi. Shaharlar gavjumlashdi. Qish loqlarda 
«ko‘shk», «qasr», «qo‘r g‘on» va «qo‘rg‘oncha»
nomlari 
bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko‘ tardi.
Istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar asosan tashqi 
dush man hujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar 
to‘planadigan joy, ma’muriy markaz hamda oziq-ovqat 
va qurol-yarog‘ saq lanadigan ombor vazifasini o‘tagan.
O‘rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‘l
-
gan. Ular 
«ko‘ handiz», «shahriston», «rabod»
deb 
yuritilgan. Sha har larning uchala qismi ham alohida- 
alohida devorlar bilan o‘rab olingan. Ularning bir ne
-
chta darvozalari bo‘lgan. Sha har devorlari bo‘y lab oqib 
o‘tgan anhor xandaq vazifasini ba jar gan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin