Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Qutayba Ibn Muslim kim bo‘lgan?
Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Arablar Turon zaminiga o‘z madani
-
yatlari, urf-odatlari bilan bir qatorda maf
-
kuraviy, diniy qarashlarini ham olib keldilar. Ular bu 
o‘lkada o‘zlarining siyosiy mavqelarini mustahkamlash 
va uning barqarorligini ta’ minlashga alohida e’tibor 
berdilar. 
Arab xalifaligi ma’muriyati xristianlik dinidan ta sh-
qari barcha dinlar (zardushtiylik, shomonlik va moniylik 
dinlari)ni soxta dinlar deb e’lon qildi. Movarounnahrda 
mavjud bo‘lgan ibodatxonalar buzib tashlandi. 
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy 
aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlari
-
dan ozod etildi. Islomni qabul qilma ganlar esa jon so
-
lig‘i – jiz’ya to‘laganlar.
Shunday bo‘lsa-da, islomni qa bul qilgan aholining 
ko‘pchiligi nomigagina musulmon bo‘ lib, uzoq vaqtlar
-
gacha pinhona o‘z dini va e’tiqodlarida qolavergan.
Natijada islom dinini qabul qilishning yangi shart
-
lari belgilab chiqildi. Unga ko‘ra, musulmon bo‘lganlar 
Qur’on suralarini yod olishlari shart edi. Arab tili, yo
-
68


69
zuvi va xalifalik qonun-qoidalarining joriy eti
-
lishi mahalliy xalq orasida noroziliklarga sabab 
bo‘ldi.
720-yilda Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent 
hokimi Divashtich boshchiligida arablarga qarshi 
harbiy harakatlar boshlandi. Sug‘dliklarga yordam 
berish uchun Yettisuvdan turk lash karlari ham yetib 
kelgan. Ular arablarga qattiq zarba beradilar. Mo
-
varounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hoki
-
miyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi 
Ashros islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya 
soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlan
-
tirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon 
deh qonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan 
islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar. 
Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor 
dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik (quda-anda
-
chilik) aloqalari o‘rnatiladi. Bunday siyosat natijasida 
arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum da
-
rajada ittifoq yuzaga kela boshladi.
1. Xiroj va jiz’ya soliqlari kim-
lardan olingan?
2. Sug‘d ixshidi G‘urak va Pan-
jikent hokimi Divashtich 
bosh 
chiligidagi harbiy ha-
rakatlarning oqibati nima 
bilan tugadi?
3. Arab lashkarboshilari bilan 
mulkdor dehqonlar o‘rtasi-
da qon-qarindoshlik aloqa-
larining o‘rnatilishi natijasi-
da nimaga erishildi?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin