Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Bu kurashda Sug‘d 
ixshidlari, Buxoro buxorxu-
dotlari, Kesh va Nasaf hokim-
lari, Choch tudunlari, Farg‘ona 
hukm 
dor (ixshid)lari va Toxariston 
yabg‘ulari yagona maqsad yo‘li-
da birlashdilar. Ayniqsa, turk-sug‘d 
ittifoqining kuchayishiga G‘ar-
biy Turk xoqonligi vorisi bo‘lgan 
Turkash xoqonligi hukmdori 
Suluxonning turonliklarga yordam 
berishi sabab bo‘ldi.
Mulohaza uchun
Arab istilosi turk-sug‘d munosabatlarini yana bir sinovdan o‘tkazdi. 
Arablar G‘arbiy Turk xoqonligi tasarrufidagi hududlarga hujum qilib, o‘l
-
kadagi yirik va mayda mulkliklar o‘rtasidagi siyosiy tarqoqlikdan unumli foydalandi. 
Turk xoqonlari va Sug‘d hokimliklar o‘rtasiga nifoq solib, o‘zaro ishonchsizlik uyg‘ot
-
di. Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonliklari, Sug‘d, Choch, Farg‘ona ittifoqining barqaror 
emasligi ham arab istilochilariga qo‘l keldi. Ayrim hokimliklarning (Kesh, Nasaf, Xo
-
razm) arab qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashi istilo muvaffaqiyatini ta’minladi.
Qutaybaning siyosiy va harbiy tadbirkorligi o‘z samarasini berdi. Istiloning hal qi
-
luvchi ikkinchi bosqichi mahalliy aholining istiloga qarshi turkiy davlatlar (G‘arbiy Turk, 
Sharqiy Turk va Turkash xoqonliklari) boshchiligidagi kurashi va Sug‘ddagi qo‘zg‘o
-
lonlar bilan kechsa-da, Movarounnahrni islomlashtirish jarayoni davom ettirildi.
Ma’lumot uchun
Mulohaza uchun


«Inal xoqonga arab, tuxor 
hujum qildi. O‘shanda ajra-
ladigan choki bor dubulg‘a 
kiygan so‘g‘doq xalqi ham-
masi keldi. O‘sha kuni hu-
jum qildi. Turk xalqi Temir 
darvozagacha, Tinsi o‘g‘li 
yotadigan toqqa yetdi».
To‘nyuquq bitiktoshining 
45-47-qatorlari
Islom dinining Turonga kirib kelishi va 
tarqalishi bevosita arab istilolari va arab
-
larning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Turonga 
arab xalifaligi yurishlari VII asrda boshlangan bo‘lsa 
ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurash-
dan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim 
erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘li-
shi oqibatida Turon hududi ikki qismga bo‘lindi: 1) Mo
-
varounnahr («Daryoning narigi tomoni») va 2) Arodi at-
turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan 
hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv 
jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
1. Manbalardan foydalangan 
holda Umaviylar davri xrono-
logiyasini tuzib chiqing. Bun-
da aynan qaysi xalifalar O‘rta 
Osiyo ijtimoiy-madaniy hayoti-
da o‘ziga xos iz qoldirgan?
2. Arab xalifaligi davrida yig‘il-
gan soliqlar, yig‘imlar xalqning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini og‘ir-
lashtirganligiga oid misollar 
keltiring.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin