77
VIII asrdan Turon o‘lkasidagi
mahkama
ishlarida mahalliy tur
-
kiy, xorazmiy, sug‘diy, boxtariy
tillar va yozuvlar o‘rnini arab tili hamda yozuvi egal
-
lay boshladi. Arablar va islom dini ta’sirida mahalliy
musulmonlar orasida islomiy ismlar rasm bo‘la
bordi. Turonning ko‘pchilik aholisi asta-sekin
islomni qabul qildi. Vaqt o‘tgan sayin esa aj
-
dodlarimiz islom ta’limoti asoslarini yaratish
va rivojlantirishda butun musulmon olamida
peshqadamga aylana bordi.
Mulohaza uchun
Muqanna o‘z
yaqinlari
bilan Kesh
vohasidagi
Som
qal’asini o‘z qarorgo
-
higa aylantiradi.
Bu yerda «Oq kiyimlilar» harakati
kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga ay
-
lanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Iloq
(Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham
o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olon
-
da turli tabaqalar qatnashadi. Muqanna
qo‘zg‘oloni 783-yilgacha davom etdi.
Narshax va Samarqandda «Oq
kiyimlilar» yengilgach,
mahal liy mulk
-
dor tabaqa vakillari arablarga yordam
bera bosh laydilar. 783-yilda Muqanna
-
ning Som qal’asidagi qarorgohi qamal -
ga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan
so‘ng qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar.
Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan
Muqanna o‘z joniga qasd qiladi.
Mazdakiylik — diniy-falsafiy ta’limo
t.
Asoschisi Mazdak. Asosiy g‘o
yasi mul-
kiy
umumiylik, barc
ha narsalarning
umumiy, teng bo‘lishi.
806- yilda
Rofe
ibn Lays boshchiligi
-
da xalifalikka qarshi
yana qo‘zg‘olon ko‘ta-
riladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan
boshlanib Shosh, Farg‘ona, Buxo
-
ro,
Naxshab va Xorazm viloyatla
-
riga tarqalgan. Tez orada mazkur
viloyatlar xalifalik qo‘lidan keta di.
Xuroson noibi Ma’mun dehqonlar
-
dan bo‘lgan Somon xu dotning nabi
-
ralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan
iltimos qilib, ulardan yordam so‘ray
-
di. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib,
uni xalifaga taslim bo‘lishga maj
-
bur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi
xalq harakati ham bostiriladi.
Biroq, mahalliy xalqlarning isti-
lochilarga qarshi kurashlari behuda
ketmadi. Asta-sekin xalifalikning
hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol
Movarounnahr aholisining ozodlik
-
ka erishuvini tez lash tirdi.
78
Muqanna Marv atrofi aholisidan, Koza deb atalgan qishloqdan bo‘lib, nomi
Hoshim ibn Hakim edi. U ilgari kudungarlik (matolarni bo‘yash) qilar edi,
keyin esa
ilm o‘rganish ga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni: ko‘zbo‘yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgandi.
Ko‘zbo‘yamachilikni yaxshi bilib oldi. Muqanna ko‘zbo‘yamachilikni o‘rgangan va g‘oyatda ziyrak bo‘lib
qadimgi (olimlar) ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va jodugarlikda ustoz bo‘lgan edi. Uning otasi-
ning nomi Hakim bo‘lib, u Abu Ja’far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi.
U Balxdan chiqqan edi.
Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu ediki, u juda xunuk, boshi kal va bir ko‘zi
ko‘r bo‘lganidan hamisha boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurar edi. Muqanna Abbosiylar da’vatchisi
Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri bo‘lib, vazir bo‘ldi va payg‘ambarlik da’vosini
qildi va bir qancha vaqt shu da’voda turdi. Abu Ja’far Davonaqiy odam yuborib, uni Marvdan Bag‘dodga
oldirib keldi va bir necha yil davomida zindonda tutdi. Shundan
keyin u zindondan qutulib, yana Marv-
ga qaytib keldi va odamlarni yig‘ib: «Mening kim ekanimni bilasizmi?» — deb so‘radi. Odamlar: «Sen
Hoshim ibn Hakimsan», — dedilar. U: «Yanglishdingiz, men sizning va butun olamning xudosiman»... va
yana: «O‘zimni qanday nom bilan atashni istasam atay beraman», — dedi hamda: «Men xalqqa o‘zimni
Odam (Ato) suratida, keyin Nuh suratida, keyin Ibrohim suratida,
keyin Muso suratida, so‘ng Iso sura-
tida, keyin Muhammad mustafo (s.a.v.) suratida, keyin Abu Muslim suratida ko‘rsatgan zotman, endi
esa mana o‘zingiz ko‘rib turgan suratdaman», — dedi. Odamlar: «Boshqalar payg‘ambarlik da’vosini
qilgan edilar, sen esa xudolik da’vosini qilayapsan», — dedilar. Muqanna: «Ular nafsoniy edilar, men
esa ruhoniyman va ularning (badanlari) ichida edim,
menda shunday qudrat borki, o‘zimni qanday
suratda ko‘rsatishni istasam, shunday suratda ko‘rsata beraman», — dedi.
Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobidan
1. Manbani oq’ing. Muqannaning harakatlariga
baho bering.
2. Muqanna o‘z maqsadiga yetish uchun nima-
lardan foydalandi?
3. Nima uchun Arab xalifaligi
davri tarixchilari
Muqanna shaxsiga salbiy baho berganlar?
Dostları ilə paylaş: