IX
asrga kelib, qog‘oz ish-
lab chiqarish shahar hu-
narmandchiligining eng
muhim jabhalaridan bi-
riga aylandi.
Asta-sekin
Samarqand qog‘ozi butun
Sharq va G‘arb bozorlarini
ham egalladi.
Sharqiy Turk xoqonligi Uyg‘ur xoqon
-
ligi tomonidan tugatilgan. Bu vaziyatda
Tan imperiyasining Turonga tahdidi kuchaydi. Farg‘ona
ixshidi va Choch maliki o‘rtasidagi
ixtilofdan foyda
-
langan Xitoy 751-yilda Turonga yurish boshlaydi. Abu
Muslim esa ularga qarshi Ziyod ibn Solih boshchiligida
arab va turonliklardan iborat qo‘shin jo‘natadi.
Xitoy qo‘shinlari tor-mor etildi. Bu arab xalifaligining
mintaqadagi mavqeyini oshirdi.
Turonda arab xalifaligi va islom manfaatlari himo
-
yachisiga aylangan Abu Muslimdan xavfsiragan xalifa
uni saroyga chaqirtirdi va qatl ettirdi. Buning oqibatida
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq
harakatlari avj olib ketdi.
Mulohaza uchun
751-yilda Talas yaqinidagi
jangda asir tushgan xi-
toylik jang
chilar
hunar-
mandchilikdan xabardor
bo‘lib, o‘z hayotlarini saq-
lab
qolish niyatida ma-
halliy hunarmandlarga
qog‘oz ishlab chiqarish
sir-sinoat larini o‘rgatishdi.
74
Ma’lumot uchun
VIII asrning I yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo‘lini egallash va bu yo‘ldagi
davlat-
larni o‘ziga bo‘ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murak-
kab ichki ahvol, Farg‘ona hokimining Xitoydan yordam so‘rashi bu yurishlarga bahona bo‘lgan. Tan
davlati 750-yil millati koreys bo‘lgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qo‘mondonligida katta qo‘shin jo‘nat-
gan. Bu qo‘shin farg‘onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni vayron qilib, katta o‘ljani qo‘lga kirit-
gan.
Choch hokimi qatl qilingach, uning o‘g‘li arablardan yordam so‘ragan. 751-yil iyul
oyida arablarning Ziyod ibn Solih qo‘mondonligi ostidagi qo‘shini Gao Syanchjining
xitoylar, farg‘onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda
qarluqlardan iborat yirik
qo‘shini bilan Talas daryosi bo‘yida to‘qnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan.
To‘qnashuv jarayonida Tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi ku-
rashdan bosh tortgan va xitoyliklar qo‘shinining ort qismiga zarba berganlar.
Xitoy qo‘shini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va
Duan Shoushilar bilan birga zo‘rg‘a qochib qutilgan.
Asirga tushgan Xitoy jang-
chilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular
Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sanoatining yanada rivojlanishiga muno-
sib hissa qo‘shgan. Xitoylik hunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham
keltirilgan. Talas jangi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. U Tan
imperiyasining O‘rta Osiyo hududini egallash yo‘lidagi tajovuzkorona
siyosatiga uzil-kesil
chek qo‘ygan.