Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Manbalarda


79
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
VIII asrda Movarounnahr va Xuroson hududida-
gi voqealarni Jahon tarixi fanidagi voqealar bilan 
bog‘lang:
1. Bu davrda Yevropa davlatlarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli 
qanday edi? 
2. VIII asrda Movarounnahr va Xurosondagi o‘zgarishlar tub 
yerli aholining aynan qaysi sohasiga katta ta’sir ko‘rsat-
gan deb o‘ylaysiz? Fikringizni dalillar bilan asoslashga ha-
rakat qiling.
3. Arab bosqinchiligi yana qanday sohalarga o‘z ta’sirini ko‘r-
satgan edi? Bugungi kunimiz bilan bog‘lagan holda tu-
shuntirishga harakat qiling.
4. To‘plagan ma’lumotlaringiz asosida taqdimot tay yorlang.


2 2 - 2 3 - m av z u l a r :
QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, 
TOHIRIYLAR
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Movarounnahr va Xurosonda uzluksiz davom etgan o‘zaro ichki ziddiyatlar 
Arab xalifaligi boshqaruviga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 
2. VI–X asrlarda Buyuk ipak yo‘li qaysi hududlardan o‘tgan edi?
Qarluqlar yurtida po
ytaxtdan 
tash qari Jo‘l, Navkat, Karman-
kat, Yor kabi shaharlar v

qator qishloqlar qad 
ko‘targan.
Mulohaza uchun
Movarounnahr va Xuroson aholisi
-
ning tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, 
uzluksiz davom etgan o‘zaro urush va 
ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtir
-
di. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib 
keldi. 
80
Mulohaza uchun


81
Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra 
Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan 
qarluqlar
tur kiy qabilalardan hisoblangan.
VI–VII asrlarda ular Turk xo qon ligi tarkibiga kirgan. 
VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lka sida Qar luqlar davla
-
ti tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan 
shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar 
davlati hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb yuritilgan. 
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina 
qismi mu sul mon bo‘lgan. Qarluqlar davlati shimol va 
sharqdan Elsuvi daryosi vodiy sigacha, chigil qabilasi 
yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yur ti va Farg‘o
-
na vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va 
Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan.
Aholi chorvachilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa 
dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy Tur
-
kiston va Mova rounnahr bilan savdo-sotiq olib 
borgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: 
gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X 
asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hu
-
dudlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona 
hamda Zarafshon vo diy lariga kelib o‘rnashgan. 
Keyinchalik o‘troq tarzda yashay digan mahalliy 
aholiga singib ketgan.
Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida sal juqiy lar yashagan hudud va ular 
boshqargan davlat qaysi davlatlar bilan chegaradoshligini aniqlang.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin