90
IX–X asrlarda katta yer
egalari kadivarlarni ishlatish-
dan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoa-
larining kam yerli a’zolariga ijaraga be
-
rishni afzal ko‘ra dilar. O‘sha zamonda
ijarachilar «barzikor» yoki «qo‘sh chilar»
deb atalardi. Davlat soliqlari (xiroj va
ushr)
yer egasidan ham, qo‘shchilardan
ham alohida-alohida olinar edi.
Somoniylarning har biy yurishlari,
hukmron sulolaning ichki nizola
-
ri, mahalliy ho kim larning o‘zbo-
shimcha harakatlari borgan sari
avj olib bordi.
Oqibatda mamla
-
katda iqtisodiy tanglik yuzaga keldi. Hatto
harbiylar, shu jumladan, amirning mun
-
tazam turk sarbozlari qo‘shiniga
maosh
to‘lash uchun mablag‘ topilmaydi. Bunday
og‘ir ahvoldan chiqish uchun aholidan ikki
marta soliq undirib olinadi. Behad tartib
-
sizlik mamlakatdagi vaziyatni yanada kes
-
kinlashtirib, aholi
turli tabaqalarining ho
-
kimiyatga qarshi qo‘zg‘alishiga sabab
bo‘ladi.
Mulohaza uchun
Ismoil Farg‘onada 849-yilda tug‘ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib,
akasi Nasr
qo‘lida qoladi. Manba tili bilan aytganda «aqlli, adolatli, fikr va tadbir egasi» bo‘lmish Ismoil,
892-yili butun Movarounnahr hukmini o‘z qo‘liga olishga erishib, «haqiqatan ham podshohlik-
ka loyiq va haqli» ekanini isbotlaydi...
Ismoil davlatchiligimiz tarixidagi tajriba va an’analarni uddaburonlik
bilan davom ettira
bilgan davlat arbobi hisoblanadi. U, eng avvalo, mamlakatimiz siyosiy birligini ta’minlash ishi-
ga bel bog‘lab, Farg‘ona, Isfijob, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag‘oniyon,
Xuttalon,
Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlarni o‘z hukmi ostida birlashtirdi...
Ismoil markazlashgan davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Azamat Ziyo,
«O‘zbek davlatchiligi tarixi»
Nasr Ahmad
tangasi
Somoniylar
otlig‘i
Somoniylar
davriga oid idish
Somoniylarning harbiy qismlarida,
ma’muriy lavozimlarida turklar xizmat qil
-
ganlar. Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga
chiqarilgan.
Qul qochib ketsa, uni hech kim qidirma
-
gan.
Somoniylar xizmatida ham turkiy qullar oz bo‘lma
-
gan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiylar, hat
-
to davlat boshliqlari yetishib chiqqan: Samjuriy, Alpte
-
gin, Tosh, Foyiq va boshqalar shular jumlasidan.
Alptegin somoniylarning sobiq quli, keyinchalik yi
-
rik harbiy sarkarda, Xuroson viloyatining hokimi va yirik
yer egasi bo‘lgan. U boyib, Xuroson va Movarounnahr-
da joylashgan qishloqlarni sotib olgan, har bir shahar
-
da qasri, hovli-joylari, karvonsaroylari mavjud bo‘lgan.
Alpteginning Nishopur bozoridan sotib olgan Sabuk
(keyinchalik Sabuktegin) ismli yana bir quli o‘z iste’dodi
bilan yirik harbiy sarkarda darajasiga ko‘tarilgan.
Dostları ilə paylaş: