Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
91
1. Alptegin va Sabuktegin 
taqdirida qullarga bo‘lgan mu-
nosabatni ifodalang.
2. Bu davrda qullarga bo‘l-
gan munosabatni Qadimgi 
Misr, Qadimgi Rim va Qadimgi 
Yunonistondagi quldorlik tizimi 
bilan solishtiring.
Ijodiy 
faoliyat


92
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Jamoaviy mashg‘ulot:
1. Turon hududida o‘rta asrlarning ilk davridagi yerga egalik qilish shakllarini eslang. 
Ularni somoniylar davridagi yerga egalik qilish ko‘rinishlari bilan solishtiring. Olgan 
ma’lumotlarni tahlil qiling, umumiy va farqli jihatlarini sanab bering.
2. Yevropada bu davrda yerga egalik qilishining qanday ko‘rinishlari bor edi?
3. Ikki hududdagi yerga egalik qilish shakllarining farqli va umumiy jihatlarini jadval 
ko‘rinishida solishtiring.
Mulohaza uchun
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan 
iborat katta-katta mulklarni in’om qilish boshlanadi. Bunday mulk «iqto», unga ega 
bo‘lgan mulk dorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida hatto ayrim 
viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa
-
li zodagonlar: sulola a’zolari – amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. 
Bunday mulk avvaliga bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan 
nasl ga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar o‘ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholi
-
dan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini o‘zlariga olish huquqiga ega bo‘lganlar.
Mulki sultoniy
Mulk yerlari
Vaqf yer lari
Mulki xos
Jamoa yerlari
Somoniylar 
hukmronligi 
davrida yer 
egaligining turlari
«Mulki sultoniy» — davlat 
tasarrufidagi yerlar
«Mulk yerlari» — hukmron su-
lola vakillari, mulkdor dehqon 
va aslzo dalarning katta-katta 
yer maydonlaridan tor tib 
qishloq aholisiga tegishli may-
da xususiy yer largacha
«Vaqf yerlari» — masjid, 
madrasa va xona qohlarga 
vaqtincha yoki abadiy foyda-
lanish uchun berilgan yerlar
«Mulki xos» — oliy martabali 
din peshvolari va sayyidlar 
qo‘l ostidagi yerlar
«Jamoa yerlari» — qishloq ja-
moalari tasarrufidagi ma’lum 
yer maydonlari


93
Somoniylar 
dav
-
rida Farg‘ona, Qash-
qadaryo, Zarafshon 
vodiylari, Choch, Xorazm, Xuroson vi
-
loyatlarida dehqonchilik ishlari yuksak 
saviyada amalga oshirilgan. Bug‘doy, 
arpa, sholi, paxta, tariq, zig‘ir, kunjut, 
kanop, no‘xot, mosh, yasmiq, beda 
kabi qator ekinlar yetishtirilgan. 
Yerga ishlov berish samarasi na
-
tijasida hosildorlik juda yuqori dara
-
jada bo‘lgan. Bog‘dorchilik, xususan, 
uzumchilik va poliz chilik sohalarida 
ham yutuqlar shu kabi edi. Uzumning o‘nlab navlari, 
mevalardan olma, shaftoli, o‘rik, nok, anjir, behi, olcha, 
olxo‘ri, anor, bodom, yong‘oq, poliz ekinlaridan qovoq, 
qovun (ayniqsa Buxoro qovunlari mashhur bo‘lgan), 
sabzavotlardan baqlajon, sabzi, piyoz kabilar yetishti
-
rilgan.
Dehqonchilik solig‘i – xirojdan xazinaga tushadigan 
daro mad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini 
qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakat
-
da dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor 
berdilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin