Mahmud G‘aznaviy
Hindiston va
bosh qa yurtlardan olib kelingan o‘ljalar-
ni ko‘p hollarda obodonchilik
hamda qurilish ishlariga
sarflagan. Jumladan, u G‘aznada ilk davlat madrasa
-
sini ochib, unga noyob qo‘lyozmalarni to‘platgan. Bun
-
dan tashqari jome masjidi, ulkan suv to‘g‘oni va yana
necha-necha inshootlar barpo еttiradi. G‘azna tez orada
Sharqning eng go‘zal va obod shaharlaridan biriga ay-
lanadi. Aby Rayhon Beruniy G‘azna
haqida gapirganda,
bu shaharda hashamatli saroylar, madrasa va bozorlar
ko‘pligini qayd etgan edi.
Sulton Balx va Nishopurda ham bir qator qurilish
ishlarini amalga oshirgan. Shuningdek, sulton ilm-fan
va madaniyat arboblariga ham homiylik qilgan. Mah
-
mud G‘aznaviyning o‘zi turkiy, arab,
fors tillarini mu
-
kammal bilgan, she’riyatdan xabardor bo‘lgan.
Uning
saroyida Abulhasan Farruxiy, Abdulma
-
jid Sanoiy, Unsuriy, Manuchehriy, Utbiy, Gardiziy,
Bayhaqiy va shu singari shoir, tarixchilar ham fa
-
oliyat ko‘rsatishgan. Beruniyning eng sara asar
-
lari ham G‘aznada dunyoga kelgan. U sulton
bilan ko‘pgina yurishlarda ishtirok etgan. Be
-
runiy bilan sulton o‘rtasidagi munosabat iliq
bo‘lgan. Olim Mahmud G‘aznaviy vafotidan
(1030) keyin ham G‘aznada to umrining oxiri
-
gacha, ya’ni 1048-yilga qadar yashab qolgan.
U G‘aznada
rasadxona ochib, shogirdlariga
dars bergan, unumli ijod qilgan.
Mahmud G‘aznaviy otasi Sabuktegin yozib qol
-
dirgan:
«Ma’naviy ulug‘vorlik bamisoli alanga va sha
-
mol, bularning harakat va parvoz xususiyati bor. Ma
-
ishat еsa qiya yerdagi qum uyumiga o‘xshash. Uning
tubanlikka surilish xosiyati bor»
, — degan nasihatiga
amal qilib, ilm-fan sohasiga katta e’tibor qaratgan.
Dostları ilə paylaş: