101
Sabuktegin asli Sirdaryo
bo‘ylarida yashagan bars-
xon turkiy qabilasiga mansub
bo‘lib, yoshligida asir olinib, so‘ngra
qul qilib sotilgan edi. Somoniylar
turkiy qo‘shini boshlig‘i Alptegin
uni o‘z qaramog‘iga olgan. So
-
moniylar davlatining turkiy as
-
karlar qo‘shinida xizmat qilgan
Sabuktegin G‘azna va uning at
-
roflarini Somoniylar noibi sifatida
boshqaradi. Bu vaqtga kelib So
-
moniylar sulolasi inqirozga yuz
tutib, Sabuktegin rasman noib
bo‘lsa-da, aslida o‘zini mustaqil
hokimdek tuta boshlaydi.
Shijoatkor sarkarda Sabukte
-
gin dush manlarga qarshi kurash
-
da somoniylarga yordam berdi va
«Nosiriddin ad-davla» (Davlat va
din himoyachisi) degan sha
-
rafli nomga sazovor bo‘ldi.
Sabukteginning o‘g‘li bo‘lgan
Mahmud G‘aznaviy davrida davlat hu
-
dudi kengaydi. Mahmud G‘aznaviy Xuroson
-
ni butkul Somoniylar davlatidan ajratib oldi. Uning
davrida G‘aznaviylar davlati Sharqning eng qudratli
davlatlaridan biriga aylangan. Bag‘dod xalifasi Mah
-
mud G‘aznaviyga «Yamin ud-davla va amin ul-milla»
(«Musulmon davlatining o‘ng qo‘li va millatning omonli
-
gi») degan faxriy unvon va Xuroson hokimligiga yorliq,
bayroq va nog‘ora yuboradi. O‘z navbatida, Mahmud
G‘aznaviy ham Abbosiylar xalifasini rasman tan olib,
uni payg‘ambar avlodi sifatida qadrlaydi. Bu esa Mah
-
mud G‘aznaviy davlatining to‘liq mustaqilligidan darak
berar edi.
1. G‘aznaviylar davlati tashkil
topishining asosiy sababi
nimada?
2. Hozirgi kunda G‘azna
shahri haqida Internetdan
ma’lumotlar toping va taq-
dim eting.
3. Alptegin va Sabuktegin siy-
mosi tarixdagi yana qaysi
shaxslarni eslatadi?
Dostları ilə paylaş: