Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
Ismoil Somoniy maqbarasi. 
Buxoro.
96


* Madrasa
(arabcha – o‘r-
ganmoq) – musulmon-
larning o‘rta va oliy o‘quv 
yurti.
* Vazir
– devonxona bosh-
lig‘i, bosh vazir.
* Ulamo
– din olimlari.
* Hojib
– harbiy unvon.
* Xonaqoh
– g‘aribxona, 
musofirxona.
Termiz yaqinidagi qariyb 1000 yil avval qurilgan 
Qirqqiz qal’asi o‘zining konstruktiv va me’moriy ye-
chimlari bilan mutaxassislarni lol qoldirmoqda. Uning 
tarxi kvadratga yaqin ko‘rinishda bo‘lib, to‘rt burchagi
-
da to‘rtta guldastasimon burjlari bor. 
Pishiq g‘ishtdan ishlangan dastlabki imoratlar qato
-
rida Buxoroda saqlanib qolgan Somoniylar maqbarasi
-
ni misol keltirish mumkin. Bu inshoot Ismoil Somoniy 
davrida qurilgan deb hisoblanadi. Turon me’morchiligi 
durdonasi bo‘lgan bu maqbara kubsimon hajmda bo‘lib, 
tomonlarining tashqi uzunligi 10 metrga yaqin. Niho
-
yatda jozibador ishlangan bu binoning ichki tomonlari 
7,2x7,2 metr bo‘lib, usti gumbaz tarzida yopilgan. 
Somoniylar maqbarasi qadimgi Eron va Turon 
me’morchiligida ma’lum bo‘lgan «chortoq» kompo-
zitsiya tipini tashkil etadi. Binoning qurilishida turli o‘l-
chamdagi pishgan g‘ishtlardan foydalanilgan.
97
Somoniy maqbarasining 
ichki ko‘rinishi
Qirqqiz qal’asi. 
Termiz


Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va 
Mo‘g‘ulistonga Mova rounnahrning sha
-
har va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, egar -jabduq, 
qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq 
meva, kunjut va zig‘ir moyi kabi mollar olib borilgan. Si
-
birdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, chorva mol
-
lari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. 
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda choy, ipak mato, tuz 
va ot muhim o‘rin da turgan. VII–VIII asrlarda choy aso
-
siy import mah sulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha 
«cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo‘y choy o‘sim
-
ligi va uning seleksiyasi bu davr da Sharqiy Turkiston 
or qali Turkiston diyoriga, so‘ngra esa boshqa mamla
-
katlarga keng tar qalib, aholining maishiy hayotida kun
-
dalik iste’mol etiladigan chan qovbosdi benazir ichimlik
-
ka ay langan.
Itil, Xazar va Bulg‘orga Mova ro unnahr va Xorazm
-
dan gu ruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuz lan gan ba
-
liq, paxta, shoyi mato lar, movut, kimxob va gilamlar 
olib borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho 
mo‘ynalar, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar kel ti rilgan.
98
1. Bu davrda karvon yo‘llari-
ning savdodagi ahamiyati 
qanday edi, deb o‘ylaysiz?
2. Bu davrda Yevropa va Osiyo 
davlatlari va shaharlari o‘r-
tasidagi savdo munosabat-
lari qanday yo‘lga qo‘yilgan 
edi? Tashqi savdo aloqala-
rida Yevropa faol edimi yoki 
Osiyo?
3. Savdo orqali yana qan-
day ijtimoiy munosabatlar 
rivoj langan?
4. Savdogarlar savdodan 
tash qari yana qanday vazi-
falarni bajargan?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin