Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat


102
Bilasizmi?
Mustaqil o‘qish uchun
Mahmud G‘aznaviyni «mag‘lub etgan» malika
Turkiylar tarixida ko‘plab hukmdorlar borki
ular oriyat, g‘urur va oliy darajadagi hukmdor 
sha’nining timsoliga aylanishga harakat qilgan. 
G‘aznaviylar davlatining mashhur hukmdori Sulton 
Mahmud G‘aznaviy bilan bog‘liq quyidagi tarixiy 
voqea oliy sha’n hukmdor faoliyatiga misol bo‘ladi.
Valiahd Majdiddin Davloning hali voyaga 
yetmaganligi tufayli, Ray hududini o‘g‘li nomidan 
Sayida Xotun idora qilib turgan edi. Mahmud 
G‘aznaviy Sayida Xotunga elchi jo‘natib, juma 
namozida o‘zining nomini xutbaga qo‘shib 
o‘qitishni, Sulton Mahmud nomi bilan tanga 
pul chiqarilishini talab qiladi. Agar malika bu 
shartlarga ko‘nmaydigan bo‘lsa, G‘azna qo‘shini 
kuch bilan viloyatni egallashi, talon-taroj qilishi 
hamda malikaning o‘zini qatl etishini shart 
tarzida qo‘yadi.
Sayida Xotun Mahmud G‘aznaviyning do‘q-
po‘pisasidan qo‘rqmay, dadillik bilan elchilarga 
shunday javob beradi: 
«Sulton Mahmudga shuni aytingki, mening 
erim Faxriddin Davlo tirikligida Sultonning 
Rayga hujum qilishi mumkinligidan har vaqt 
xavotirda turar edi. Erim vafotidan keyin men 
bu haqda xavotir olmay qo‘ydim. Chunki, mening 
nazarimda, Sulton Mahmud aql-farosatli 
hukmdor, u xotin kishi bilan jangga kirishni o‘ziga 
ep ko‘rmasa kerak. Shu narsa ma’lumki, sherning 
erkagigina emas, urg‘ochisi ham xavflidir. Agar u 
bizga hujum qilmoqqa qaror qilsa, u vaqtda Xudo 
biladi, men jangdan qochmayman. Ikkisidan biri 
bo‘ladi: yo g‘alaba men tomonda bo‘ladi, yoki 
men yengilaman. Agar g‘alaba menga nasib 
etsa, u vaqtda butun dunyoga elchilar jo‘natib, 
Mahmud G‘aznaviy 
masjidi va maqbarasi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin