103
1006-1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga bostirib kiradi. Mahmud G‘aznaviy
Xurosondan qoraxoniylarni haydab chiqaradi.
1017-yilda Mahmud kuyovi xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga uyushtirilgan
sui qasddan so‘ng shu yilning bahorida Xorazmga yurish qiladi. Hazorasp yonidagi
jangda Xorazm qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi. Xorazmdan ko‘plab boyliklar bi
-
lan birga, fan va madaniyat arboblari ham G‘aznaga ko‘chirib keltiriladi. Ular orasida
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham bor edi. Xorazmga esa sultonning sobiq bosh
hojibi Oltuntosh noib еtib tayinlanadi. Keyinchalik Mahmud G‘aznaviy qoraxoniy
-
larga tegishli bo‘lgan Amudaryo bo‘ylariga
yurish qilib, Chag‘oniyon, Qobodiyon,
Xuttalon va boshqa chegaradosh viloyatlarni o‘z davlati tarkibiga kiritadi.
Mahmud G‘aznaviy Erondagi Ray va Jilob yerlarini ham o‘z mulkiga qo‘shib ola
-
di. Mahmud G‘aznaviy o‘z davrining yetuk sarkardasi bo‘lib, murakkab va ziddiyatli
vaziyat, qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan chog‘larda hukmdorlik qilgan. Mahmud
G‘aznaviy 1030-yilda vafot etadi.
yuzlab hukmdorlarni qo‘l ostida saqlagan
Sulton
Mahmudni
men yengdim, deb mag‘rurona
jar solaman. Butun dunyo muarrixlari Sulton
Mahmud xotin hukmdordan yengilganligi haqida
tarix
yozadilar, uning nomi tarix sahnasidan
yo‘qoladi, unga bundan ortiq uyat bo‘lmaydi. Agar
Sulton meni yengsa,
unga shuhrat kelmaydi,
chunki hech qaysi shoir yoki tarixchi Sulton
Mahmud xotin hukmdorning mamlakatini bosib
oldi, deb maqtamaydilar».
Sayida Xotunning
dono va dadil fikrlarini
tushungan Sulton Mahmud to bu ayol vafotiga-
cha biror marotaba ham Rayga hujum qilmaydi.
Sayida Xotun 29 yil davomida shahzoda bilan
birga hukmronlik qildi. Shundan so‘nggina Sulton
Mahmud Rayga qo‘shin tortib, 1029-yilda uni o‘z
hukmronligiga o‘tkazdi.
Akbar Zamonov,
«O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim
noma’lum sahifalari»
1. Nima uchun Mahmud G‘azna-
viy Rayga qo‘shin tortish fikri-
dan qaytdi?
2. Tariximizda davlatni
boshqargan yana qay-
si ayol hukmdorlarni bilasiz?
3. Yevropa davlatlari tarixida ham davlat
boshqaruvida ishtirok etgan ayollarni bi-
lasizmi?
Dostları ilə paylaş: