Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
Buqaning boshi
shaklidagi burunli idish, 
G‘aznaviylar sulolasi davri
104


Mulohaza uchun
Mahmud G‘aznaviy va Firdavsiy
Sulton Mahmud G‘aznaviy Abul Qosim ismli fors shoiriga Firdavsiy taxallusini bergan. Sulton avval 
Firdavsiyga ijobiy munosabatda bo‘lgan. Lekin, shoir ijodi uchun munosib haq olmaganligini ro‘kach 
qilib, berilgan 60 000 kumush dirhamni aholiga tarqatish orqali hurmatsizlik ko‘rsatgach, sulton bun-
dan qattiq g‘azablanadi va uni o‘limga hukm qiladi. Ammo keyinchalik ko‘ngli yumshab, hukmni bekor 
qiladi va shoirning shahardan chiqib ketishiga ruxsat beradi.
Firdavsiyning turkiy xalqlar borasidagi ba’zi salbiy qarashlari ham sultonga maqbul bo‘lmagan. 
Shoir Tusga yo‘l oladi. Firdavsiy saldan keyin sultonni hajv tig‘iga olgan baytlar yoza boshlaydi. 
Bu esa Mahmud G‘aznaviy nomining keyinchalik ham Firdavsiy ijodida salbiy ohangda tilga olini-
shiga zamin hozirlaydi.
105
Mahmud G‘aznaviy buyuk olim Abu Ali Ibn Sinoning ham o‘z saroyida xizmat qilishi-
ni xohlagan. O‘z vaqtida xorazmshoh Ma’mundan boshqa olimlar qatorida uni G‘azna-
ga yuborishini talab qilgan. Shu bois Gurganjga el chilarni ham jo‘natgan edi. Lekin, 
Masihiy va Ibn Sino Sulton Mahmud G‘aznaviy saroyida xizmat qilishni istamay, Xo-
razmdan chiqib ketishga qaror qili shadi. Mahmud G‘aznaviy Ibn Sinoni o‘z saroyiga jalb 
еtishga ko‘p uringan, hatto uning siymosini qog‘ozga ko‘chirtirib, qanday qilib bo‘lmasin, 
uni topib keltirishga farmon bergan. 
Firdavsiy. «Shohnoma» 
asariga ishlangan miniatyura


106
G‘aznaviylar davlatida boshqaruv ti
-
zimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni 
jalb etadi. Boshqaruv tizimining markazida dargoh va 
devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor 
faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan. G‘az
-
naviylar davrida hojiblik xizmatining o‘rni alohida e’ti
-
borga loyiq. 
Hojiblikning quyidagi shakllari bo‘lgan: ulug‘ hojib, 
saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador. Ulug‘ hojib 
nafaqat hojiblar orasida, balki butun mamlakat hayoti
-
da katta mavqega ega bo‘lgan. Mahmud G‘aznaviydan 
so‘ng bevosita hokimiyat ishlarini qo‘lga olgan ulug‘ 
hojib Ali Qarib ismli shaxs bo‘lgan. Rasmiy marosimlar, 
turli tadbirlarda ulug‘ hojib hukmdorga eng yaqin joyda 
turgan. Janglarda ham unga qo‘shinning eng salmoqli 
va mas’uliyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yukla
-
tilgan. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), 
davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), par
-
dador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martaba
-
dor (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va 
farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘l
-
gan. 
Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr man
-
balarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devo
-
ni (bosh vazir devoni), harbiy ishlar devoni, elchilik va 
bosh qa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni, moliya devo
-
ni, xat-xabar devoni. Viloyat boshlig‘i voliy deyilgan. Uni 
oliy hukmdor tayinlagan. Viloyatlardagi boshqaruv ishla
-
rini amid olib borgan. Shahar boshlig‘i rais deb atalgan. 
Shahar miqyosida kutvol, sohibi devon kabi amaldorlar 
ham faoliyat ko‘rsatganlar. 
G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega 
edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘l
-
gan. Bosh qo‘mondon – sipohsolor esa sulolaning eng 
ishon chli vakili yoxud shu xonadon a’zosi hisoblangan. 
Masalan, Mahmud G‘aznaviy sipohsolor mansabiga 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin