110 110 Qoraxoniylar sulolasi
qarorgohi xarobalari,
XI-XII asr, Samarqand
Mulohaza uchun Ma’lumot uchun Qoraxoniylar davlati
shartli ravishda Sharqiy
va G‘arbiy qismlarga
ham bo‘lingan.
Yettisuv viloyatida yuksalishni boshla
-
gan qoraxoniylar janub, g‘arb yo‘nalishla
-
rida o‘z hukmronlik doiralarini kengaytirib borganlar va
buning natijasida Cherchen daryosidan Xorazmgacha
bo‘lgan hududni boshqarganlar. Siyosiy markaz sifa
-
tida esa o‘z tarixiy makonlaridagi katta shaharlardan
bo‘lmish Bolosog‘un va nisbatan undan uzoqda
bo‘lmagan Qoshg‘arni tanlaganlar. Demak,
asosiy siyosiy markaz shu hududda mujas
-
samlashgan. Buxoro, Samarqand, Chag‘o
-
niyon, Farg‘ona va boshqalar tabiiy ravish
-
da yangi siyosiy markazga nisbatan viloyat
(mulk) o‘rnida bo‘lgan.
Qoraxoniylar do‘stona munosabat
-
lar o‘rnatish tarafdori ekanligini bildirib,
qo‘shnisi g‘aznaviylar bilan elchilik aloqa
-
larini o‘rnatadi. Ammo, bunday munosa
-
batlar uzoqqa cho‘zilmadi.
Qoraxoniylar g‘aznaviylar tasarrufi
-
dagi hududlarga bir necha marotaba bosqinchilik hu
-
jumlarini uyushtiradilar. Lekin bu yurishlar muvaffaqi
-
yatsizlik bilan tugaydi.
1008-yilda Mahmud G‘aznaviyning o‘zi 500 ta
jang ga o‘rgatilgan fillarga ega bo‘lgan katta qo‘shin bi
-
lan qoraxoniylarga qarshi chiqadi va ularning qo‘shini
-
ni butunlay yakson qiladi. Shundan keyin qoraxoniylar
Xurosonga harbiy yurish uyushtirishga boshqa jur’at
etmaydi. Termiz, Qabodiyon, Xuttalon kabi Amudaryo
-
dan shimoldagi yerlar g‘aznaviylar tasarrufida qoladi.