Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

89
Mulohaza uchun
Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar mavjud edi. 
Masalan, davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq me’yorlaridan 
to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-ki
-
tob ishlaridagi bilimdonlik va hokazo. Ismoil Somoniy saroyning maxsus mun ta -
zam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo‘shin tuzadi. Yaxshi va uzoq 
xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavo zimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i «hojib 
ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyida 
oliy unvon hisoblangan.
Lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan 
qismlar (gvardiya) va zarur hollarda viloyatlardan yig‘iladigan qismlar. Saralangan 
qismlardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo‘lib, oddiy piyoda askarlik
-
dan visoqboshi, ya’ni to‘rt kishidan iborat guruhga boshliq darajasigacha bo‘lgan 
yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Keyin u haylboshi (kichik qo‘shin boshlig‘i) maqo
-
mini egallashi mumkin bo‘lgan. Bu darajaga tegishli tartib-intizom, talablar doirasida 
xizmat qilingandagina erishish mumkin edi.
Ismoil Somoniyning vafotidan so‘ng siyosiy boshboshdoqlik avjiga chiqib, mar
-
kaziy hokimiyat mavqeyiga putur yetishi mintaqaning Yettisuv va Qoshg‘ar qismida 
boshqa bir siyosiy sulola — 
qoraxoniylarning
kuchayib borishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri 
kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Qoraxoniylar 
mintaqaning Yettisuv, Qoshg‘ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukmronlik qila 
boshlaydilar. Xuroson, G‘azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab min
-
taqada shakllangan yana bir siyosiy sulola — 
g‘aznaviylar
tobeligiga o‘tgan edi.
1. Nima sababdan Ismoil 
Somoniy davlat ishla-
riga qabul qilishda ma’lum bir talab-
lar ishlab chiqqan? Siz yana qanday 
talablar qo‘ygan bo‘lardingiz?
2. «Turon xalqlari harbiy san’ati» mav-
zusidagi ma’lumotlar asosida Somo-
niylar davridagi harbiy hayotni tahlil
qiling, umumiy va farqli jihatlarini 
aniqlang.
3. Bu davrda Yevropa va Osiyoning 
boshqa davlatlarida harbiy boshqa-
ruv qay ko‘rinishda edi?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin