SUG‘DIYONA XORAZM TOXARISTON GARCHISTON QUHISTON TABARISTON QUM GURGON XUROSON BADAXSHON ZABULISTON G‘UR ILOQ FARG‘ONA USTRUSHONA Somoniylar mam lakatni boshqarish
-
da dastavval ixcham boshqaruv ma’muri
-
yatini tashkil etdilar. U amir dargohi va
devonlar (vazirliklar)dan iborat edi.
Dargohda amir qarorgohi hamda saroy a’yon lari,
nav kar va xizmatkorlarining turar joy lari bo‘lgan. Nar-
shaxiyning yo zi shicha, Somoniylar davlati asosan o‘n
-
ta devon or qa li ido ra etilib, ular orasida vazir devoni
bosh boshqaruv mah kamasi hisoblanardi. Nasr ibn Ah
-
mad (Nasr II) davrida Buxoro ning Registon maydoni
-
da amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy quri lib,
mahkama mana shu maxsus bino ga joylashgan edi.
Mahkama xiz matchilari Qur’on ilmlari va shariatning
asosiy qoidalarini yaxshi bila digan, arab, fors, turk til
-
larini pux ta egallagan, turli fanlardan xabardor bo‘l gan
savodli aslzodalardan tanlab olin gan.
Mulohaza uchun Somoniylar davrida Nasr
ibn Ahmad ibn Ismoil Somoniy
Registonga bir saroy (qurish-
ni) buyurdi. G‘oyatda go‘zal bir
saroy qurdilar. (Amir) bunga
ko‘p mol sarfladi. U o‘z saroyi
darvozasi oldida amaldorlari
uchun saroy qurishga buyurdi,
uni ham qurdilar, shundayki, har
bir amaldorning podshoh saro-
yi darvozasi oldida qurilgan o‘z
saroyida alohida devoni bor edi;
masalan: vazir devoni, moliya
(kirim-chiqim) ishlari devoni,
davlat hujjatlarini boshqarish
ishlari devoni, soqchilar boshlig‘i
devoni, xat-xabarlar mutasaddi-
si devoni, saroy ish boshqaruv-
chisi devoni, davlat xos mulklari
devoni, muhtasib devoni, vaqf-
lar devoni, qozilik ishlari devoni.
(Amir) mana shu tartibda de-
vonlar qurishga buyurdi va ular-
ni qurdilar.
Abu Bakr Narshaxiy
«Buxoro tarixi»
Somoniylar davlati xaritasi