Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
72
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash 
kuchayadi. Bu davrda hukmronlik qilgan umaviylarga qarshi 
umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Mar von Muhammad hukm
-
ronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i 
miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholi ning muttasil ha-
sharlarga majburan jalb etilishi sabab bo‘ldi. Umaviylarga qarshi 
kurashga da’vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko‘plab 
targ‘ibotchilarni yuboradi. Shunday targ‘i botchilardan biri 
kufalik Abu Muslim edi. U Xurosonga kelib, aholini payg‘am
-
bar (s.a.v.) avlodlarini quvvatlashga cha qiradi.
Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqon
-
lar Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga 
qarshi tash vi qotning sadosi tez orada Xuroson va 
Movarounnahr viloyatlariga keng tarqaladi. Mamla
-
kat aholisi xalifalikka qar shi qo‘zg‘aladi. Abu Muslim 
tarafdorlarining deyarli barchasi qora li bos kiyib olgan edilar. 
Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qola versa, zabardast kuch 
bayrog‘i hamda shid datli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy 
harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.
Abu Muslim aho lini umaviylarga qarshi kurashga 
da’vat etadi. Tez orada Abu Muslim Xurosonning markazi 
Marv shahrini egallaydi.


Abu Muslim boshliq qo‘shinlar xalifa-
likning markaziy viloyatlari tomon yo‘l 
oladi va xalifalikning poytaxti Damashq shahrini qo‘lga 
kiritadi. Taxtga abbosiylar xonadonidan bo‘l gan Abul 
Abbos Saffoh ko‘tariladi. 
Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlar
-
ning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar 
uning xalq orasidagi obro‘yining tobora ortib borishiga 
xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan 
uzoqlashtirilib, Xuroson va Mova roun nahrga noib qilib 
yuboriladi. Aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘o
-
lon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘olon
-
lardan biri Buxoroda sodir bo‘ldi. Abu Muslim mahalliy 
kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni zo‘rg‘a bostiradi.
Mulohaza uchun
750-yilda Abul Abbos Saffoh
taxtga o‘tiradi. Arab xalifaligi-
da davlat hokimiyati abbosiy-
lar qo‘liga o‘tadi.
Abu Muslim — lug‘aviy ma’nosi «Muslimning o
tasi» deb 
tarjima qilinsa-da, mohiyati «eng y
axshi musulmon» 
demakdir.
1. Abul Abbos Saffoh taxtga 
kimning qo‘llab-quvvat-
lashi orqali o‘tirdi?
2. Nima uchun Abu Muslim 
poytaxtdan uzoqlashtiri-
lib, Xuroson va Mova roun-
nahrga noib qilib yubori-
ladi?
3. 751- yilda Turonda qan-
day siyosiy vaziyat yuzaga 
keldi? Bundan xitoyliklar 
qanday foydalanmoqchi 
bo‘ldilar?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin