Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

IV–VII ASRLARDA XORAZM
Amudaryo Hindiqushning Shimoliy 
yonbag‘irlaridagi muzliklardan boshla
-
nadi. Daryo baland qoyali tog‘lar ora
-
sidan oqib o‘tadi va har kilometrda bir 
necha metrga pasayib boradi. Shu sa
-
babli u juda tez va hayqirib oqib, o‘zi 
bilan juda ko‘p miqdorda minerallarni 
loyqa holda oqizib keladi. Amudaryoga 
Surxon kelib qo‘shilgan joyning quyi
-
dan boshlab, u hech qanday irmoq
-
larsiz jazirama sahrolar ichidan oqa 
boshlaydi va shu yerdan uning hayot-
baxsh faoliyati boshlanib, Xorazm di
-
yorini suv bilan ta’minlaydi.
Xorazm vohasiga Qoraqum 
sahrosi tutashib ketgan. Xiva meridianidan sal sharqroqda 
qum tepaliklar chegarasi shimoliy-g‘arb tomonga buriladi va 
shu yo‘nalishda deyarli Qorako‘l ko‘ligacha borib yetadi. Xo-
razmliklar qadim zamonlardan boshlab bu qumliklardan yo‘llar 
o‘tkazganlar.
Orol
Xorazm
Choch
Sug‘diyona
Ustrushona
Chag‘oniyon
Buxoro
Sirdaryo
Amudaryo
Amudaryo
Farg‘ona
Mulohaza uchun
10


Mulohaza uchun
Ijodiy faoliyat
1. Tabiiy shart-sharoitlarni inobatga olib, bu hududda qanday 
kasblar rivojlangan? Fikringizni asoslang.
2. Xorazm tarixida qanday shaharlar bor edi?
Bu davrda xorazmliklar Xuroson va Eron bilan 
madaniy-savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishgan. Xo
-
razm diyorida sug‘orma dehqonchilik, hunarmand chilik, chorva
-
chilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, hay kal taroshlik 
yuqori darajada rivoj topgan. Aholi chorvachilik va baliq ovlash 
bilan shug‘ullangan. Ularning xo‘jalik turmushida, asosan, baliq, 
qovun, qovoq, yovvoyi jiyda va tut alohida o‘rin tutgan. 
Xorazm hunarmandlari tomonidan juda chiroyli qilib yasalgan 
sopol idishlar saroylarni bezab turgan.
Ijodiy faoliyat
1. Sizningcha, berilgan rasmlarda tasvirlangan qaysi soha 
Xorazmda davlatchilik taraqqiyotini tezlashtirgan?
2. Xorazm haqidagi bilimlaringizga tayanib, mazkur hududda yashagan 
insonlar qanday nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lganligini ayting va 
javobingizni izohlang.
3. Buyuk ipak yo‘li orqali Xorazm qo‘shni davlatlarga qanday mahsulot-
larni yetkazib bergan? Fikr bildirishdan avval sug‘orma dehqonchilik, 
hunarmand chilik, chorvachilik, savdo-sotiq va hay kal taroshlik sohalari-
ning rivoji natijasida qanday qo‘shim cha sohalarga ehtiyoj sezilishini o‘y-
lab ko‘ring.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin