Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
Eftaliylar davridagi
amaldorlar muhri
Ijodiy faoliyat
Eftaliylar davrida 
mavjud bo‘lgan diniy 
e’tiqodlarning bugungi kunda 
qadriyatlarimiz va urf-odatla-
rimizga ta’siri seziladimi? Fik-
ringizni asoslashga harakat qiling.


22
Ijodiy faoliyat
IV–V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ha
-
yotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yi
-
rik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri 
Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu sha
-
harning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam hi
-
moya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy 
inshootlar, turar joylar qad rostlagan. 
Buxoro
IV asrdan boshlab Turonning 
yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri 
bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda shaharning 
yettita darvozasi bo‘lib, mazkur holat uning 
muhim savdo-tranzit yo‘li ustida joylashganligi
-
dan dalolat beradi. 
Bu davrda 
Termiz
va uning atroflarida ham sha
-
harsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini 
kuzatish mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana 
shunday shaharlardan biridir. Qadimgi davrda kichik 
manzilgoh sifatida paydo bo‘lgan Zartepa IV–V asrlarga 
kelib maydoni 17 gektar bo‘lgan yirik shaharga aylandi.
Qal’a, qo‘rg‘on va istehkomlar ilk o‘rta asrlar dav
-
rining o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib, 
Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shah
-
ri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular jumlasidandir.
Ma’lumot uchun
Eftaliylar otliq askari
1. Bu davrda Yevropa davlatla-
rining rivojlanishi qay dara-
jada edi? 
2. Nima deb o‘ylaysiz, suv inshootlari-
ning qurilishi davlatning rivojlanishi 
uchun qay darajada muhim? 
3. Jamoalarga bo‘linib, Zog‘ariq, Bo‘z-
suv, Darg‘om kanallarining bugungi 
ko‘rinishi va holati bo‘yicha internet 
manbalaridan ma’lumotlar to‘plang 
va taqdimot tayyorlang.


Buxoro Sug‘dida o‘ng 
tomonida hukmdor tasviri 
tu shirilgan kumush va mis tangalar zarb 
etilgan. Samarqand Sug‘dida V-VI asr
-
larda orqa tomonida tik turgan kamonchi 
tasviri tushirilgan kumush tangalar chiqa
-
rilgan. Naxshab (Qarshi) vohasida o‘ng 
tomonida podsho bosh qismi tasviri tu-
shirilgan mahalliy kumush va mis tangalar 
muomalada bo‘lgan. Xorazmda esa, old 
tomonida hukmdor boshi, orqa tomonida 
otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush 
va mis tangalar zarb etilgan.
Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi 
va Janubiy Qozog‘is ton yerlarining bir qis
-
mini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq 
(Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati 
janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi 
Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng 
yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin