Kidariylar
askari
V asrning 20-yillarida sharqdan Sir daryo va Orol bo‘y
-
lari orqali Xorazm hamda Amudaryo hav zasiga yana
bir ko‘chmanchi chorvador aholi –
toxarlar
kirib kelgan.
Toxariylar kushonlarning avlodlari bo‘lgan. Ularga
Kidar
ismli hukmdor boshchilik qilganligi uchun ularni
ki
-
dariylar
deb ham atashadi. Tez orada kidariylar
Xioniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukm-
ronligini o‘r nat ganlar.
Balx shahri bu yangi
davlatning poytaxtiga ay lan tirilgan.
Manbalarda aytilishicha, kidariylar dastlab
Sharqiy Turkiston hududida yashaganlar.
Yuechjilar (kushonlar) hukmdori Sido
-
lo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini
Bolo (Balx)ga ko‘chirgan. Kidar esa,
Shimoliy
Hindistonga yurish qilib,
Gandhardan shimoldagi 5 ta davlatni
o‘ziga bo‘ysundirgan.
Kidariylar
Hindistonda Gupta davlatini
egallab, bu yerda 75 yil hukmronlik
qilgan va Xitoyga elchilar yuborgan.
16
Kidariylar
tangalari
Afsuski, xioniylar
va kidariylarning
ijtimoiy-iqtisodiy
tizimi
haqidagi
ma’lumotlar bizgacha
yetib kelmagan.
Kidariylarning
janubdagi Eron sosoniy
-
lari bilan munosabati yomonlashib borgan.
456- yilda kidariylar va sosoniylar o‘rtasida
to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu to‘qnashuvda ki
-
dariylar sosoniylardan yengiladi.
Keyinchalik kidariylar ham ko‘chmanchi
chorvador aholi –
eftaliylar
bilan to‘qnashadi
-
lar. Natijada, ular Shimoliy Hindistonga cheki
-
nadilar.
Kidariylarning tangalari braxmiy yozuvida
zarb etilgan. Ularga tegishli «Kidara Kushon
sha» degan yozuv bitilgan tangalar ham topil
-
gan. Bunday tangalar ikkita hokim tomonidan
bir vaqtning o‘zida zarb etilgan.
17
Tarixchi K.
Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillari-
da o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi. Turonda kidariy-
lar va еftaliylar hukmronligi o‘rnatilgach, xioniylarning si-
yosiy ahvoli o‘zgaradi va ular еftaliylarga tobe bo‘lib qoladi.
1. Agar siz III-IV asrlarga
tushib qolsangiz, qal’ani qurish va
uni dushmanlardan himoya qilish uchun qanday yo‘l tutgan
bo‘lardingiz? Davr sharoitidan kelib chiqib javob bering.
2. Xioniylar va Kidariylar davlatlari hududini xaritadan ko‘rsating.
Dostları ilə paylaş: