Ijodiy faoliyat
6 - 7 - m av z u l a r :
EFTALIYLAR
V–VI asrlarda
Eftalon sulolasi
ga mansub qabila Turon hududida
hukmronlik qilgan.
Manbalarda
eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar
kabi
turli nomlar bilan atalgan
eftaliylar
qabilalari ittifoqiga asos solgan. Bu nom
aslida «Eftalon» degan shoh ismidan olingan. Uni
Vaxshunvar
deb ham ataganlar.
Shu davrda Xorazm, Sug‘diyona, Choch va Baqtriya
viloyatlarida hashamatli
binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan.
Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtiso
-
diy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy
sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik kabilarning ravnaq topishiga
asos bo‘lgan.
Eftaliylar hukmronligi
davrida
nimaning
hisobiga dehqonchilik,
sun’iy sug‘orish,
chorvachilik, bog‘dorchilik
va hunarmandchilik
ravnaq topdi?
18
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun
1. IV–V asrlarda Turon hududida qaysi xalqlar
ya shagan?
2. Ularning umumiy va farqli jihatlarini sanashga hara-
kat qiling.
19
Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz
hududiga Sharqdan ki
-
rib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinida
-
gi
Poykent
va
Varaxsha
shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari,
Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari
ham kirgan.
Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan.
Taxt av
-
loddan avlodga o‘tmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan.
Nomzodni aniqlab, taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash su
-
lolaning mo‘tabar kishilari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan tarkib topgan. Vi
-
loyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Maz
-
kur mulklar hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto
ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangalarini zarb etgan.
Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat
harbiy kuchga tayan gan. Eftaliylarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsira
-
gan Erondagi sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘zning
484- yilda eftaliylarga qarshi urushi uning halokati bilan tugaydi.
Dostları ilə paylaş: