Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

14
Xubbi haqida afsona
Xorazmda Amudaryo bilan bog‘liq ko‘plab 
afsonalar uchraydi. Ulardan biri suv ilohi Xubbi 
haqida. Afsonaga ko‘ra, Xubbi baliqni bir qo‘li bi
-
lan tutib quyoshga uzatar va uni quyosh shulasi
-
da qovurib yer ekan. Xubbi suvga cho‘kkanlarni 
qutqargan. So‘yilgan ho‘kizlarga jon bag‘ishla
-
gan. 
Jamshid ismli hukmdor taxtga o‘tirgan vaqt
-
da Xubbi dom-daraksiz g‘oyib bo‘ladi. Uni dengiz 
malikasi o‘g‘irlab ketgan. Xubbining onasi esa 
o‘g‘lini Amudaryodan yig‘lab qidirgan. Xubbining 
onasi o‘z xalqini daryoda urishishga o‘rgatadi. 
Shundan buyon Xorazmda qayiqlarning burnida 
shu ayolning haykali o‘rnatilgan. 
Xorazm diniy qarashlarida suv muqaddas hi
-
soblangan, Xubbi esa suvning saqlovchisi sifati
-
da qadrlangan. Bu an’ana Xorazmda islom dini 
kirib kelgunga qadar amalda bo‘lgan.
Mulohaza uchun


IV asrda turkiy qabilalardan 
xioniy
-
lar
dastlab Zaraf shon vohasini egallash
-
gan, janub tomonga yurib, Kushon podsholigi hudu
-
dida hukmronlik qilishgan. Ular markazi Toxariston 
bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xuroson
-
ning bir qismini ham o‘z ichiga olgan katta davlat 
tuzishgan. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur 
bo‘lgan qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqot-
chilar Orol dengizi bo‘yida deb hisoblaydilar. 
G‘arb tarixchilari esa, xioniylarni xunnlarga qa
-
rindosh hisoblab, ularni 
«oq xunnlar»
deb atay-
dilar. Ular bu hududda 120 yildan ortiq hukm ronlik 
qilishgan.
Xioniylar otliq 
askari
5 - m av z u :
IV–V ASRLARDA
XIONIYLAR VA KIDARIYLAR
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Qadimgi dunyo tarixida siz massagetlar, sug‘dlar, saklar 
hamda Ahamoniy, Yunon-Baqtriya, Ku shonlar tarixini o‘r-
gangansiz. Bu davlatlarni xronologik ketma-ketlikda eslang. 
2. Mamlakatimiz hududidagi qadimiy xalq-
larning asosiy mashg‘ulotlari nimalardan 
iborat bo‘lgan? Ular asosan qaysi hududlarda 
yashaganlar?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin