Mulohaza uchun
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
Poytaxti O‘tukan vodiysi
SHARQIY TURK XOQONLIGI
Poytaxti Yettisuv
Turk xoqonligi xaritasi
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar it
-
tifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmas
-
likka intilgan. Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hu
-
dudlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu
omillar xoqonlikning mustahkam mar kazlashgan dav
-
latga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali
bosh qaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtirgan. Bu
-
ning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqo
-
bat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda,
Turk xoqonligi VI asrning 80- yillari oxirlarida ikkiga:
Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘li
-
nib ketadi.
Xoqonlik o‘z davlat mafkurasiga ko‘ra, «el» deb ata-
lib, qadimgi tarixda u bilan bog‘liq «mangu el», «Tangri
(ilohiy) el», «turk eli» kabi iboralar shakllangan. El va
xoqon hokimiyatining Tangri tomonidan Ashina xona-
doniga «Turk budun (xalqi)»ga in’om qilinganiga isho-
nilgan. Qadimgi turk jamiyati xoqon Bumin mansub
bo‘lgan Ashina xonadoni vakillariga hukmdor sifatida
qaraganlar. Chunki turkiylar orasida bunday siyosiy iq
-
tidor (ne’mat) Tangri tomonidan faqat Ashina xonado-
niga in’om etilgan, degan tasavvur hukmron edi. Shu
bois, Ashina xonadoni hokimiyati ilohiylashtirilgan.
Agar Tangri bergan siyosiy hokimiyat ishonchni oqla-
masa, ya’ni o‘z iqtidorini ko‘rsata olmasa, unday hukm-
dor hokimiyatdan uzoqlashtirilib, «Tangri bergan siyo-
siy hokimiyat yana Tangri tomonidan qaytarib olinadi»,
deb tushunilgan.
Dostları ilə paylaş: