O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Turk xoqonligining mavqeyi jahondagi qaysi davlatlarning mavqeyi bilan barobar
edi?
2. Bu davrdagi dunyoning boshqa mintaqalaridagi davlatlarning yashash tarzi va davlatchilik
tuzumi qanday edi?
Guruhingiz bilan
Jahon tarixi
darsidan olgan bilimlaringiz va qo‘shimcha
ma’lumotlar asosida taqdimot tayyorlashga harakat qiling. O‘zingizga yoqqan davlat haqida
ko‘proq ma’lumot bering.
38
Mulohaza uchun
XX asr 60-yillarida Samarqandda avtomobil yo‘li qurilishi jarayonida
buldozer yer tekislash ishlarini olib borayotganida yer ostidan bir ne cha
katta rangli devor bo‘laklarini surib chiqaradi.
Ularning nimaligini aniqlash uchun mutaxassislar taklif qilinadi.
Mutaxassislar
bu topilmalarni ko‘rgan-kechirganlaridan so‘ng qurilish ishlari to‘xtatilib, arxeologik
qazishmalar boshlanadi.
Natijada Afrosiyob (Qadimgi Samarqand) shahri xarobalari joyi aniqlandi.
Bir necha xonalar xarobalaridan ba’zilarining devorlarida rangli bo‘yoqlar – tem
-
pera (tuxum sarig‘iga rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi) bilan ishlan
-
gan devoriy rasmlar topildi.
Bularning ichida, ayniqsa, bir xonadan topilgani ancha yaxshi saqlanib qolgan.
Devorlar, supa xom g‘isht va paxsadan bunyod etilgan. Xona to‘rida taxtga o‘xshash
o‘rindiq joylashgan bo‘lsa kerak, supaning o‘sha qismi bo‘rtib turganligi aniqlangan.
Xona devorlaridagi rasmlarda shoh a’yonlari, Chag‘oniyon, Toxariston, Sharqiy
Turkiston, Choch, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan el-
chilar, olib kelingan ot-ulov, sovg‘alar va ov sahnasi ifodalangan. Suratlar nihoyatda
nafis ishlanib, yuqori did bilan bo‘yalgan.
Ijodiy faoliyat
«Bu ko‘hna shahar dun
yo ahamiyatiga ega bo‘lgani
uchun YUNESKOning
Butunjahon madaniy mer
osi ro‘yxa-
tiga kiritilgan va unda: «Samar
qand – madaniyatlar uch-
rashadigan makon», – degan so‘zlar yozib qo‘yilgan».
Xubert Gizen, YUNES
KO bosh direktori o‘rinbosari, 2016-yil.
1. Bugungi
kunda Afrosiyob nomi
bilan ataladigan qanday joylarni
va ma’lumotlarni bilasiz?
2. Samarqand
hududi Qadimgi Yunon va Rim
manbalarida qanday nomlangan edi?