Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
Mulohaza uchun
G‘arbiy Turk xoqonligining Suyab (Oq Bishim), Beshbaliq (Turfan), 
Ek-tog‘ (Sharqiy Turkiston) kabi shaharlari xoqonlikda qarorgoh vazifa
-
sini bajargan.
Davlat boshqaruvida xoqonlikning barcha bog‘inlarida lavozim egalari harbiy 
unvonga ega bo‘lishi shart hisoblangan.
Xoqonlikning markaziy boshqaruv tizimi asosan davlat osoyishtaligini saqlash, 
davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik mu-
nosabatlar va boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lib, zabt etilgan hududlardagi boshqa-
ruv tizimiga ma’lum darajada еrkinlik bergan. Shuning uchun ham Farg‘ona, Sug‘d, 
Choch, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy 
sulolalar qo‘lida bo‘lgan. Misol uchun, Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor – «ixshid», 
Toxaristonda – «malikshoh», Xorazmda – «xorazmshoh», Keshda – «ixrid», Buxo-
roda – «xudot», Ustrushonada – «afshin», Chochda – «tudun» deb atalgan. Marka
-
ziy hokimiyatga faqat boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada 
saqlab qoladilar.


34
Sug‘d va 
Farg‘ona
ixshid
malikshoh
xorazm­
shoh
ixrid
xudot
afshin
tudun
Toxariston
Xorazm
Kesh
Buxoro
Ustru­
shona
Choch
Hukmdorlar qayerda qanday atalgan?
Turk xoqonligi davrida Sug‘d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha 
bo‘lgan yerlar kirgan. Buxoro еsa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan 
iborat bo‘lgan. Sug‘dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning 
mustaqil hukmdorlari bilan birlashar edilar. Bunday yirik siyosiy birlashmalar ma’lum 
muddatlarda yirik shaharlarda o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar. Farg‘ona Sug‘d 
siyosiy ittifoqiga kirmagan bo‘lib, u alohida mustaqil davlat edi.
Turk xoqonligi tarkibidagi turli xalqlarning yashash tarzi ham turlicha edi. Ko‘ch
-
manchi chorvador turklarda jamoatchilik an’analari kuchli bo‘lgan. Ko‘chmanchilar
-
ning asosiy mashg‘uloti chorvachilik edi. Shahar aholisi hunarmandchilik va sav
-
do-sotiq bilan shug‘ullangan. Hatto hunarmandchilik mahsulotlarini yasash uchun 
Farg‘ona va Sug‘dda oltin, temir, mis, Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush va oltin, Shah
-
risabzda tosh va tuz qazib olinardi. Savdogarlar orasida Sug‘d savdogarlarining 
mavqeyi baland bo‘lgan. VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Turk xoqonligi bilan 
Xitoy o‘rtasida, ayniqsa, iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz ma
-
rotaba savdo elchiligi yuboriladi. Bir yilning o‘zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va 
Ustrushona (Jizzax va O‘ratepa viloyatlari)dan birlashgan juda katta savdo karvoni 
Xitoyga yetib boradi.


1. Savdo-sotiq bilan shug‘ullanish uchun qanday bilimlar kerak bo‘ladi?
2. Matnda: «Kulolchilik, to‘qimachilik, sarrojlik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik va 
zargarlik taraqqiy etgan», – deyilgan. Hunarmandchilikning ushbu sohalari taraqqiy 
etishi uchun qanday ko‘nikmalar kerak bo‘ladi?
3. Mamlakatimizda bugungi kunda qanday mevalar yetishtiriladi? Qanday donli ekinlarni 
bilasiz?
4. Berilgan rasmlar asosida xoqonlikda odamlarning mashg‘ulotlari haqida hikoya tu-
zing. Rasmlardagi har bir detalga e’tibor qarating. Bugungi kunda o‘sha davr odamlari 
shug‘ullangan qaysi kasblar davom etmoqda va qaysilari yanada takomillashgan?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin