Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Manbalarda
36
Ma’lumot uchun
Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlar
-
ni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. O‘z yer mulkidan 
ajralgan kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga ay
-
lanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko‘tarishga 
majbur bo‘ladi. Shunday xalq qo‘zg‘olonlaridan biri Buxoroda yuz beradi. Qo‘zg‘o
-
longa xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olondan vahimaga 
tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston 
va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo‘zg‘olon-
chilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li 
Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bosti
-
riladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari – dehqonlarga qaytariladi.


37
Mulohaza uchun
Mulohaza uchun
Yana shu narsa diqqatga sazovorki
o‘sha davrlarda ajdodlarimiz o‘z avlodla-
ri to‘g‘risida ham muttasil qayg‘urganlar. Shu boisdan 
bola 5 yoshga to‘lishi bilan uni bilim olishga yo‘llab, 
dastavval, xat-savod va hisob-kitobni o‘rganishga jalb 
etganlar. Bolalar balog‘at yoshiga yetgach esa ularni 
dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o‘rganish uchun 
maxsus vakillar homiyligida boshqa davlatlarga yubor-
ganlar.
Ijodiy 
faoliyat
1. Turonga qo‘shni hudud-
lar va Yevropa xalqlarida 
ta’lim olish jarayoni qanday 
shakl langan edi?
2. Sug‘dlarda bolalar kaftiga 
tanga qo‘yib, tiliga asal sur-
tish odati bo‘lgan. Buning 
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun huj-
jatlariga amal qilingan. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy tur-
lari – qatl еtish, odam a’zolarini kesib tashlash, zararni to‘lash, mol-mulk tarzida 
tovon to‘lashdan iborat edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, o‘lim jazosi davlatga 
qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko‘tarish, sotqinlik) hamda nohaq yoki qasddan odam 
o‘ldirganlik uchun berilgan. O‘g‘rilik yoki buzuqlik qilgan shaxsning qo‘li yoki oyog‘i 
kesilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar uchun yetkazilgan zararni o‘n 
barobar qilib to‘lash, jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun mol-mulki bilan 
tovon to‘lashga majbur etilgan.
Qadimgi va o‘rta asrlarda siz bilgan yana qaysi davlatlarda jinoyat va jazo tizimiga oid 
qonun hujjatlari mavjud edi? Ularning umumiy va farqli jihatlari bormi?
Ijodiy faoliyat
Shunday qilib, G‘arbiy Turk xoqonligi o‘z 
davrida keng hududlarga yoyilgan eng yirik 
davlatlardan biri bo‘lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron 
va Vizantiya bilan bo‘lgan munosabatlarda uzoq yillar o‘z 
ta’sirini o‘tkazganlar. Shu bilan birgalikda, xoqonlik davri 
moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir namunalari 
Turon zamini xalqlarining to‘laqonli turmush tarzini o‘ziga 
xos yo‘sinda aks ettirib qolmasdan, bobokalonlarimizning 
yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham dalolat beradi.
G‘arbiy Turk xoqonligi tangasi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin