‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184
61aef8397723d3.50813536

20.4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari
Ekonometrika alohida ilmiy yo‘nalish sifatida iqtisodiy nazariya
matematika va statistikadan 20-30 yillarda ajralib chiqdi, bu xususan 
G.Mur va G.Shuls (AQSH) asarlari tufayli ro‘y berdi. «Ekonomet-


riya» atamasi birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomo­
nidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli 
hisoblanadi), ilmiy muomalaga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk 
(1926) tomonidan kiritildi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Ch.Rouz va bosh­
qa amerikalik olimlar bilan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning 
tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika» 
jumalini nashr etadi.
U.Mitchell va u boshqargan «iqtisodiy barometrlar»ning Garvard 
maktabi vakillari ham bu yo‘nalishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Keyingi 
davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik
I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik KViksell, G.Kassel 
va boshqalar bu sohada muhim yutuqlami qo‘lga kiritdilar.
Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va 
P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, KArrou 
(AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish 
ko'lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday 
regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma
tarmoq va umumxalq xo‘jaligi uchun ham tuzilishi mumkin.
30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn 
(AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko‘p omilli model- 
lami tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi 
ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo 
aylanmasi, kapitalning ishlatilishi va jamg‘arilishi, ishchi kuchi taklifi 
va boshqa o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi statistik aloqadorlik o‘z aksini topgan.
Xalq xo'jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans 
tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26- 
yillarda sobiq SSSRda P.I. Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab 
chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontev (asli rossiyalik, AQSH) 
tomonidan rivojlantirildi va moUya oqimlari tarkibini o‘rganish uchun 
R.Frish tomonidan tatbiq qilindi.
Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi 
G.A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi. Kapitalistik sikllaming 
iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaleskiy, J.Xiks, 
R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.
Ekonometrika uslublari ko‘pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga 
asoslangan.


Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939) 
uslubining asoschisi hisoblanadi.
Ekonometrika ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi 
mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqti­
sodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo'yicha sikl modellari ishlab 
chiqilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AQSHda bu sohada 
muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli 
(1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll,
E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembrij modeli 
(1960-70-yillar) ham diqqatga sazovor.
Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda 
amerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va 
bu tadqiqotlar 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin