Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Oqsil organizm uchun qanday ahamiyatga ega? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1. 
Oqsil organizm uchun qanday ahamiyatga ega?
2. 
Sifatli va sifatsiz oqsillar qanday oziq moddalarda bo‘ladi?
3. 
Yog‘lar almashinuvining xususiyatlarini ayting.
4. 
Organizmda uglevodlar almashinuvi qanday o‘tadi?
28- §. Vitaminlar
Ø
Turlari, vazifasi
Vitaminlar biologik faol moddalar bo‘lib, organizmda modda-
lar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853—1938)
1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar
hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo‘lib
isbotladi. Uning xulosasiga ko‘ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo‘ladi,
bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik
bu noma’lum muhim moddalar 1912- yilda K. Funk tomonidan
vitaminlar
, deb nomlandi (
vita 
— hayot degan ma’noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ularning har biri
odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar odam
organizmida biror vitamin mutlaqo yo‘qolsa, 
avitaminoz,
uning
miqdori kamaysa, 
giðovitaminoz,
me’yoridan ortib ketsa, 
giðer-
vitaminoz
,
 
deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o‘ziga xos
xastalik belgilari paydo bo‘ladi. Masalan, 
giðovitaminoz 
A,
giðovitaminoz 
B, 
giðovitaminoz
C va hokazo.
Vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan guruhlarga bo‘linadi. Suvda
eriydigan vitaminlar — B
1
, B
2
, B
6
, B
12
, PP va C. Yog‘da eriydigan
vitaminlar — A, D, E, K.

vitamini
hayvon va odam organizmining o‘sishi va rivojlani-
shida, hujayralarning bo‘linib ko‘payishida, epiteliy to‘qimasi-
ning (terining ustki qavati, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish organ-
larining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda,
ko‘z o‘tkirligining yaxshi bo‘lishini ta’minlashda muhim aha-
miyatga ega.


79
Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib, yori-
ladi, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig‘la-
nish kasalliklari yuzaga keladi. Ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ayniq-
sa, odam qorong‘ida yaxshi ko‘ra olmaydi. Bolalar va o‘smirlar orga-
nizmining o‘sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog‘ida,
sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o‘rik
tarkibida ko‘p bo‘ladi.
B guruh vitaminlarga B

(tiamin), B

(riboflavin), B
6
, B
12
,
B
15
va boshqalar kiradi.
B
1
vitamini (tiamin) 
markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlari normal o‘tishida, odamning aqliy faoliyati
yaxshi bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Agar u kundalik ovqat tarkibida
yetarli miqdorda bo‘lmasa, odamda 
giðovitaminoz 
B
1
kasalligi yuzaga
keladi. Buning belgilari oyoq-qo‘l muskullarining uvushib og‘rishi,
holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya’ni
o‘zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni muhim masalaga jalb etish
kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli
chiqadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin uzoq muddat davomida
yetishmasa, 
avitaminoz
B
1
, ya’ni 
beri-beri
, degan kasallik yuzaga
keladi. Bunda nerv sistemasidagi o‘zgarish oqibatida nerv tolalari
falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so‘ngra
yo‘qoladi, qo‘l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi. Odam
oyog‘ini yaxshi ko‘tara olmaydi va u qadamini kalta-kalta, xuddi
oyog‘iga kishan solingan odamga o‘xshab bosadi. Bu vitamin guruch
po‘stlog‘ida, bug‘doy non, loviya, no‘xat, tuxum sarig‘i, yong‘oq,
mol jigari tarkibida bo‘ladi.

vitamini (askorbin kislota) 
moddalar almashinuvida,
ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o‘rin tutadi.
Uning yetishmasligi tufayli 
singa
kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik
odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib,
bo‘shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tish cho‘tka
bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho‘l
mevalarda, ko‘katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin,
mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p bo‘ladi.

vitamini
organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal
o‘tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo‘lgan bolalar
suyagining to‘g‘ri shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga
ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi
yuzaga keladi. D vitamini baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut va sut


80
mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari
ta’sirida odam terisida ham hosil bo‘ladi. Bolalarni ochiq havoda
chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin