Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Ratsional ovqatlanish
. Odamning sog‘lom va baquvvat
bo‘lishida, yoshlarning normal o‘sishi va rivojlanishi, ish qobiliya-
tining yaxshi bo‘lishida ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga
ega. Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi:
1. Ovqatning 
energetik funksiyasi,
ya’ni ovqat moddalari
organizmda kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi va
bu energiya to‘qima hamda organlarning normal ishlashi, tana
harorati doimiyligini ta’minlash, odamning harakatlanishi, ish
bajarishi uchun sarflanadi.
2. Ovqatning 
plastik funksiyasi
shundan iboratki, uning tar-
kibidagi moddalar, ayniqsa, oqsil hujayra va to‘qimalarning tarkibiy
qismiga kiradi, ya’ni hujayralarning eskirgan qismlari yangilanishini
va hujayralar bo‘linib ko‘payishini ta’minlaydi.
Ratsional ovqatlanish qoidalari.
Ovqatlanishning ilmiy asosda
ratsional tashkil etilishi uchta qoidaga asoslanadi:
1. 
Ovqatlanishning miqdor qoidasi. 
Bir kecha-kunduzgi
ovqatdan organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflana-
digan energiya miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
2. 
Ovqatlanishning sifat qoidasi.
Bir kecha-kunduzgi ovqat
tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar, mineral tuzlar, suv,
vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
3. 
Ovqatlanishning uchinchi qoidasi ovqatlanish rejimidir.
Bir
kecha-kunduzgi ovqat miqdori to‘rt qismga bo‘lingan holda iste’-
6 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


82
mol qilinishi kerak. Masalan, maktab o‘quvchilarining ovqatla-
nish rejimi ularni ertalabki yoki kechki smenada o‘qishiga qarab
quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

ertalabki nonushta
— bir kecha-kunduzgi ovqat
kaloriyasining 25—30 % ini tashkil etadi (soat 7–7:30 da);

tushki ovqat 
— bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining
35—40 % ini tashkil etishi kerak (ertalab o‘qiydiganlar uchun
maktabdan keyin, ya’ni soat 14—15 da; kunning ikkinchi yarmida
o‘qiydiganlar uchun soat 12—12:30 da);

kechki ovqat 
— bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining
15—20 % ini tashkil etadi (soat 19—20:00 da).
Yuqorida ko‘rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tash-
qari, qo‘shimcha ovqatlanish ham ko‘zda tutiladi. Bu bir kecha-
kunduzgi ovqatning 10 —15 % ini tashkil etadi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin