1. Organizmda energiya almashinuvi deganda nimani tushunasiz?
2. Organizmda hosil bo‘ladigan energiya nimalarga sarflanadi?
3. Odam organizmida ovqat qanday funksiyani bajaradi?
7- laboratoriya mashg‘uloti Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionini tuzish Umumiy tushuncha. Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioni bu odam
organizmi uchun bir kecha-kunduzda zarur bo‘lgan barcha ovqatlar
yig‘indisidir. Ovqat ratsioni har bir odamning bajaradigan ishini, ob-havo
sharoitini, bolalar va o‘smirlarning yoshini hisobga olgan holda tuziladi.
Mashg‘ulotdan maqsad. O‘quvchilar o‘z yoshini, tana massasini
hisobga olgan holda bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioni tuzishni o‘rganish.
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r : bolalar va o‘smirlarning yoshiga qarab,
ularga bir kecha-kunduzda zarur bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori
1- va 2- jadvallarda ko‘rsatilgan.
Mashg‘ulotni o‘tkazish 1. O‘qituvchi birinchi va ikkinchi jadvallarni batafsil tushuntiradi.
2. Har qaysi o‘quvchi o‘z yoshini hisobga olgan holda birinchi jad-
valdan foydalanib, bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionida necha gramm oqsil,
yog‘, uglevodlar va qancha kkal energiya bo‘lishi kerakligini aniqlaydi.
3. Ovqat ratsioniga kiradigan oqsil, yog‘, uglevodlar yuqorida ko‘rsatilgan
oziq mahsulotlari tarkibida necha grammdan bo‘lishi 2- jadvaldan aniqlanadi.
4. Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioniga kiritiladigan asosiy oziq
mahsulotlarining miqdori (g hisobida) va ulardan ajraladigan energiya
(kkal hisobida) hisoblab chiqariladi.
5. Aniqlangan natijalarni o‘quvchilar daftarlariga yozib oladilar.