Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
259
42-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz sendan ajrab 
qolayotganimizdan xafamiz»,- deganlari
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«(Musibat yetganda) ko‘zdan yosh oqg‘aydir, ko‘ngil g‘am chekkaydir»,-deganlar». 
43-bob. Kasal huzurida yig‘lamoq haqida
Abdullohibn Umar rivoyat qiladirlar: «Sa’d ibn Uboda betob bo‘lib qoldilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn 
Mas’ud birlan birga ko‘rgani kirganlarida, bola-chaqalari uning tevaragida turishgan 
erkan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vafot etdimi?» - dedilar. «Yo‘q, yo 
Rasululloh»,-deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yig‘ladilar. Ul kishining 
yig‘laganlarini ko‘rib, boshqalar ham yig‘ladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Eshitmakdamisiz, Olloh taolo ko‘z yoshi va dil qaygusi uchun azob 
bermag‘aydir. Lekin, mana buning uchun azob berg‘aydir yoki rahm qilg‘aydir»,-deb 
tillariga ishora qildilar». 
Mayyit o‘z ahlining unga motam tutib (dod solib) yig‘lashi sababli (qabrda) azob 
chekkaydir. Hazrat Umar raziyallohu anhu dod solib yig‘laganlarni aso birlan urur erdilar, 
tosh otib, tufroq sochib haydar erdilar. 
44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig‘lamoqni man’ qilganlari va uni 
qattiq qoralaganlari
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning 
o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabar yetib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
yuzlaridan xafaliklari shundoqqina bilinib turar erdi. Men eshikning tirqishidan qarab 
turgandim. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo 
Rasululloh, Ja’farning xotinlari yig‘lashayotir»,- deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam ularni yig‘idan to‘xtatmakni buyurib, odam yubordilar. U kishi qaytib kelib: «Ular 
menga itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi marta 
xotinlarni yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Boyagi kishi ketdi, keyin yana qaytib kelib: 
«Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ular menga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Men 
bo‘lsam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u.kishiga: «Yig‘layotgan xotinlarning 
og‘ziga tufroq sochg‘il!»-dedilar, deb o‘ylab, «Olloh burningni yerga ishqagur! Yo 
buyruqni bajarmading va yo Rasulullohni ovora qilmakdan to‘xtamading!» - dedim». 
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Boshimizga musibat tushganda dod 
solib yig‘lamaslikka Rasululloh sallalohu alayhi va sallamga bay’at qildik (qasam ichdik). 
Lekin, quyidagi beshta ayoldan boshqasi o‘z ontiga vafo qilmadi: Ummu Sulaym, Umm 
ul-Alo, Muozning xotini - Binti Abu Sabra va yana ikki xotin» (yoki «Binti Abu Sabra, 
Muozning; xotini va boshqa xotinlar»,- dedilar). 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin