X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Zamonaviy mexatron modullarning sinflanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

15.2. Zamonaviy mexatron modullarning sinflanishi 
Zamonaviy mexatron sistemalarni loyihalash modul prinsiplarga va 
texnologiyalarga asoslangan [3].
Umuman mexatron modullar quyidagi turlarga bo‘linadi (14.2-rasm):
-harakat moduli; 
-harakat mexatron moduli; 
-intellektual mexatron moduli. 
Modul (M) mashinaning unifikatsiyalangan funksional qismi bo‘lib, 
konstruktiv jihatdan mustaqil qurilma hisoblanadi. 


207 
 
15.2.rasm. Mexatron modullarning sinflanishi 
Mexatron modul (MM)- funksional va konstruktiv jihatdan mustaqil 
qurilma bo‘lib, turli fizik tabiatga ega bo‘lgan qismlardan tashkil topadi va ular 
sinergetik apparat - programmaviy integratsiyalangan bo‘ladi. 
Odatda mexatron modullar bir koordinata bo‘yicha harakatni (aylanma 
yoki chiziqli) amalga oshiradi va kamdan-kam ikki erkinlik darajasiga ega. 
Harakat moduli (HM)- konstruktiv va funksional mustaqil qurilmadir. U 
boshqariluvchi dvigatel va mexanik qurilmadan tashkil topadi.
Harakat modulining odatdagi yuritmadan farqi shundan iboratki, unda 
dvigatelning vali, harakatni mexanik o‘zgartirgichning elementi sifatida ishlatiladi. 
Zamonaviy mexatron modullarda juda ko‘p elektr mashinalar ishlatiladi 
ya’ni asinxron va sinxron o‘zgarmas tok dvigatellari, qadamli va pezojeletrik 
dvigatellar va boshqalar bular qatoriga kiradi.
Mexanik 
qurilmaning 
tarkibiga 
turli 
xil 
reduktorlar, 
harakatni 
o‘zgartirgichlar, variatorlar va boshqalar. 
Mexatron harakat moduli (MHM) — konstruktiv va funksional mustaqil 
qurilma bo‘lib, uning tarkibiga boshqariluvchi dvigatel, mexanik va informatsion 
qurilma kiradi. Informatsion qurilma o‘z ichiga teskari aloqa sxemalari va 
Informatsion qurilma 
Dvigatel 
Mexanik 
qurilma
Boshqaruvchi 
va elektron 
qurilmalar 
Intellektual mexatron modullar 


208 
informatsiya datchiklarni, hamda signallarni qayta ishlovchi, o‘zgartiruvchi 
elektron bloklarni oladi. Bunday datchiklarga fotoimpuls datchiklar (inkoderlar), 
optik chizg‘ichlar, aylanma transformatorlar kiradi, ular harakatning tezligi va 
holati bo‘yicha informatsiya olish imkonini beradilar. 
Intellektual mexatron modul (IMM) — konstruktiv va funksional mustaqil 
qurilma bo‘lib dvigatel, mexanik, informatsion, elektron va boshqaruvchi 
qismlarning sinergetik integratsiyasi asosida quriladi. 
Shunday qilib, IMMning konstruksiyasida mexatron harakat modullariga 
nisbatan qo‘shimcha boshqaruvchi va elektron qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi va 
ular modullarning intellektual xususiyatga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bu guruhga 
raqamli 
hisoblash 
qurilmalari 
(mikrokontrollerlar, 
protsessorlar, 
signal 
protsessorlari va h.k.), elektron kuch o‘zgartirgichlari, aloqa va bog‘lanish 
kompyuter qurilmalari kiradi. 
Mexatronika ta’rifiga faqat mexatron modullar mos keladi. 
Mexatron mashinalar ko‘p o‘lchamli sistemalar bo‘lib, ular ikki va undan 
ortik modullar asosida yaratiladi. 
Ishlab chiqarish sistemalari uchun mo‘ljallanilgan mexatron mashina 
robotning umumlashgan struktura sxemasi 15.3-rasmda keltirilgan. 
Ko‘rilayotgan mashinalar (robotlar) uchun tashqi muhit texnologik 
muhitdan iborat bo‘ladi va u texnologik jihozlardan, texnologik qurilmalardan va 
obektlardan tashkil topadi.
Tashqi muhitlarni asosan ikki sinfga bo‘lish mumkin: determinirlangan va 
nodeterminirlangan . 
Determinirlangan muhitlarga tashqi ta’sir parametrlari va obektlar 
xarakteristikalari oldindan kerakli aniqlikda malum bo‘lgan muhitlar kiradi. Ayrim 
muhitlar o‘zining tabiati bo‘yicha nodeterminirlangan bo‘ladi, masalan, ekstremal 
suv osti va er osti muhitlari. 
Texnologik muhitlarning xarakteristikalari analitik tajriba tadqiqotlari 
yordamida va kompyuterli modellash metodlari orqali aniqlanadi . 


209 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin