218
XULOSA
Hozirgi zamon yuqori texnologiyalarida sanoat robotlari va
robototexnika tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Robotlar, robototexnik va
moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari ishlab chiqarishni rivojlantirishning
texnik asoslari hisoblanadi. Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va
robototexnik sistemalarni qo‘llash yildan yilga oshib bormoqda. Mazkur darslikda
“Robotlar va robototexnik tizimlar” darsligi bo‘yicha xulosalar quyidagilarni o‘z
ichiga oladi.
Birinchi bobda.
Robotlarning ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashdagi
roli tahlil qilingan. Robotlar bo‘yicha umumiy tushunchalar va ta’riflar,
robotlarning siniflanishi, sanoat robotining strukturasi, intellektual, adaptiv va
programmali robotlar, robotlarning texnik xarakteristikalari va robotning modul
qurish prinsipi keltirilgan.
Ikkinchi bobda.
Robotlaning mexanik sistemasi, kinematikasi, robot
manipulyatorlarining
kinematik
kamponovkalari,
ularning
konstruktiv
xususiyatlari, robotlarning ishchi organlari harakatlanish qurilmalari bayon
qilingan.
Uchunchi bobda.
Robotlarning pnevmatik, gidravlik va elektrik yuritmalari
va ko‘p koordinatali yuritmalari va ular asosidagi sanoat roboting konstruksiyasi
va ishlash prinsipi bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: