51
ishlab chiqilganligidir. Bundan tashqari elektrik yuritmalarda universal manbani va
EhM ni boshqarish uchun ishlatish imkoniyati bor.
Elektr yuritmalarning asosiy afzalliklari: montaj va sozlash osonligi,
ekspluatatsiya qilish soddaligi, trubalarning yo‘qligi, shovqin pastligi va ifloslanish
yo‘qligi. Shu bilan birga boshqa yuritmalarga qaraganda sanoat robotlarida elektr
yuritmalarni ijro sistema elementi sifatida ishlatilganda o‘lcham va massa
ko‘rsatkichlari yaxshi emas, bu esa manipulyator zvenolari konstruksiyalari uchun
juda muhimdir. hozirigi vaqtda chiqarilayotgan elektrodvigatellarning chiqish vali
yuqori aylanish chastotasiga ega. Aylanish chastotasini kamaytirish uchun
reduktorlarni ishlatish, yuritmaning foydali ish koefitsientini va solishtirma
quvvatini kamaytiradi [8, 10]. Taqlidli elektrik yuritmaning funksional sxemasi 3.5
– rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: