X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 – rasm. Sanoat roboti gidrostansiyasining funksional sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

3.4 – rasm. Sanoat roboti gidrostansiyasining funksional sxemasi. 
Gidravlik yuritmalarda ko‘pincha gidrodvigatel sifatida gidrosilindrlar 
qo‘llaniladi. Ayrim gidrosilindrlarga tarmoq qurilmasi o‘rnatilgan bo‘ladi, bu esa 
porshen harakatini tormozlash rejimini rostlash imkonini beradi. Sanoat robotlari 
uchun yuqori tezkorlikka, ishonchlilikka, kichik o‘lchamlarga ega bo‘lgan 
gidroyuritmalarni yaratish talab qilinadi. 
Ko‘pincha gidravlik yuritmalar yuk ko‘tarish qobiliyati 10 kg dan yuqori 
bo‘lgan, to‘xtash xatoligi kichik bo‘lgan sanoat robotlarida qo‘llaniladi, undan 
tashqari bunday yuritmalar juda katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga va ishchi zonasi 
katta bo‘lgan robotlarda ham ishlatiladi. Gidroyuritmali robotlar pozitsion va 
kontur boshqarishli bo‘ladilar [2, 7]. 
Gidravlik yuritmalar asosida “Universal – 50” (Rossiya), “Unimate” 
(AQSh), “Hibot” (Yaponiya) robotlari qurilgan. 
3.3. Robotlarning elektrik yuritmasi. 
Hozirgi vaqtda elektrik yuritmali robotlarni yaratishga katta e’tibor 
berilmoqda. Elektrik yuritmali robotlar pnevmatik va gidravlik robotlarga nisbatan
20 % ni tashkil qiladi. Bunday yuritmalarga qiziqishga sabab 
elektrodvigatellarning juda ko‘p turlari mavjudligi va ularni boshqarish metodlari 


51 
ishlab chiqilganligidir. Bundan tashqari elektrik yuritmalarda universal manbani va 
EhM ni boshqarish uchun ishlatish imkoniyati bor. 
Elektr yuritmalarning asosiy afzalliklari: montaj va sozlash osonligi, 
ekspluatatsiya qilish soddaligi, trubalarning yo‘qligi, shovqin pastligi va ifloslanish 
yo‘qligi. Shu bilan birga boshqa yuritmalarga qaraganda sanoat robotlarida elektr 
yuritmalarni ijro sistema elementi sifatida ishlatilganda o‘lcham va massa 
ko‘rsatkichlari yaxshi emas, bu esa manipulyator zvenolari konstruksiyalari uchun 
juda muhimdir. hozirigi vaqtda chiqarilayotgan elektrodvigatellarning chiqish vali 
yuqori aylanish chastotasiga ega. Aylanish chastotasini kamaytirish uchun 
reduktorlarni ishlatish, yuritmaning foydali ish koefitsientini va solishtirma 
quvvatini kamaytiradi [8, 10]. Taqlidli elektrik yuritmaning funksional sxemasi 3.5 
– rasmda keltirilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin