X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 – rasm. Sanoat robotlari yuritmalarining sinflanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

3.1 – rasm. Sanoat robotlari yuritmalarining sinflanishi. 
3.1. Robotning pnevmatik yuritmasi 
Hozirgi vaqtda pnevmatik yuritmali sanoat robotlari eng keng tarqalgan. 
Pnevmatik yuritmaning afzalliklariga uni boshqarish soddaligi, yasash arzonligi va 
yong‘inga xavfsizligi kiradi. 
Pnevmatik yuritmalarning kamchiliklariga tezlik qiymatini doimiy emasligi 
va sistemaning turg‘unligi pastligi kiradi. Pnevmatik yuritma elementlarining 


47 
ishonchliligi qisilgan havoni tayyorlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi va bunda havo 
bosimining barqaror bo‘lishiga, ifloslardan tozalashga va elementlarni moylashga 
e’tibor berish kerak bo‘ladi. 
Pnevmatik yuritma ishlaganda sarflangan energiyaning 24 % i ishlatiladi. 
Undan tashqari, havoning qisiluvchanligi darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, 
pnevmatik yuritma past sezuvchanlikka, katta vaqt doimiyligiga ega va natijada 
tezkorligi past bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, pnevmatik yuritmalarda berilgan nuqtada 
fiksatsiya qilish uchun tormozlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Pnevmatik yuritma quyidagi elementlardan tashkil topadi: ijro dvigatel, 
taqsimlagich qurilmasi, tezlikni rostlash uchun drosellar, bosim reduktori
dempfirlash qurilmasi [9, 10]. 
Havo taqsimlagich qurilmasi pnevmoyuritma elementlarida qisilgan havoni 
robotni boshqarish programmasi asosida qayta taqsimlash, hamda havoni 
atmosferaga chiqarib yuborishni amalga oshiradi. Dvigatellarning kirish va 
chiqishiga o‘rnatilgan drosellar yordamida havo sarfi rostlanadi. 
Pnevmatik yuritmalarda ijro dvigatellari sifatida pnevmosilindrlar
porshenli burilish dvigatellari va boshqalar qo‘llaniladi.
3.2 – rasmda siklli boshqariladigan sanoat robotining bir harakat darajasi 
pnevmatik yuritmasining sxemasi keltirilgan. 
Boshqarish qurilmasidan (BQ) signal havo taqsimlagichning boshqaruvchi 
elementiga (masalan, elektromagnitga) yuboriladi. Boshqarish ta’siriga muvofiq 
havo taqsimlagich 8 pnevmosilindrning 7 bir kamerasini ishchi havo magistrali 
bilan bog‘laydi, boshqa kamerasini esa atmosfera bilan bog‘laydi. 
Rostlanuvchi 3 va 6 tayanchlar berilgan yo‘nalish bo‘yicha shtokning 1 
siljish diapazonini aniqlaydi. Tayanchlar sterjenga 5 joylashtirilgan bo‘ladilar. 
Dempfirlash qurilmasi 2, qo‘zg‘almas tayanchga 4 o‘rnatiladi va shtokning 
tormozlanishini amalga oshiradi. 


48 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin