‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


‘I.H oshim ov. H indistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Т



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

‘I.H oshim ov. H indistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Т.,
“O 'qituvchi”, 1996 y il, 2 8 -2 9 betlar.
38


hokimliklari) deb ataladigan hukumat amaldorligi mansabi jo riy
etildi va h.k.).
Frederik Teylor, G.Emerson va hoshqalar (1885-1920).
• Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy 
tahlilni qo‘llash.
• Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning 
o ‘qitilishini ta ’minlash.
• Vazifani samarali bajarilishini ta ’minlovchi xodimlarni zarur 
resurslar bilan ta ’minlash.
• Yuksak mehnat unumdorligini ta ’minlash maqsadida xodim lar­
ni muntazam rag‘batlantirib turish.
M um tozyoki m a’muriy m enejm ent (1920-1950).
Mumtoz yoki ma’muriy menejment maktabining nam oyan- 
dalari 
Anri Fayol, Maks Veber va hoshqalar.
• Boshqaruv prinsiplarini rivojlantirish.
• Boshqaruv funksiyalarini bayon etish.
• Tashkilotni yalpi boshqarishda tizim li yondashuvni asoslash.
Insoniy munosabatlar maktabi (1950-yildan hozirgacha).
Bu maktab namoyandalari 
Elton Meyo, R.Laykert va hoshqalar.
• Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o ‘zaro m unosabat- 
lardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni q o ‘llash;
• Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlaming xulq-at- 
voriga asoslangan holda tashkil etish.
Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi
(1950-yildan hozirgacha).
Namoyandalari 
G.Saymon, P.Druker, E.D eyl
va boshqalar.
• Murakkab boshqaruv muammoiarini chuqurroq tushunish 
maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo‘llash;
• Murakkab 
vaziyatlarning 
yechim i 
bo‘yicha 
boshqaruv 
xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli 
davrlarda o ‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllangan:
• 1950— 60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida 
tashkiliy
tarkib
turgan;
39


• 1960-—70-yillarda 
strategik rejalashtirish
vujudga keldi;
• 1980-yiIlardan boshlab esa, ilg‘or G‘arb firmalarida strategik 
rejalashtirishdan 
strategik boshqaruvga
o ‘tiladi.
Hozirgi zamon boshqaruv fani — fanlararo fandir. Boshqaru­
vning har bir funksiyasini bugun maxsus fanlar:
• industrial-muhandislik sotsiologiyasi;
• ijtimoiy psixologiya;
• ijtimoiy injeneriya (erganomika);
• marketing kabilar o ‘rganadi.
Menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg‘unlashuvi 
boshqarishning bozor konsepsiyasi vujudga kelishiga asos 
bo‘ldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir 
b o ‘layotgan o ‘zgarishlar 
«Tinch boshqarish inqilobi»
nomini olgan.
3.2. Ilm iy m enejm ent nazariyasi
Ilmiy menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asming 
boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha 
nom bilan, ya’ni «Boshqaruvning mumtoz maktabi» deb ham 
yuritilgan. Bu maktab sarchashmalarida amerikalik muhandis va 
ixtirochi olim F re d e rik Teylor (1856— 1915) turgan edi. Ushbu 
ta ’limot yana ham to ‘liqroq uning «sanoat korxonalarini m a’muriy 
texnika tashkiloti», «Boshqaruvni ilmiy tashkil qilishning usuli va 
prinsiplari», «Korxona boshqaruvi prinsiplari» nomli kitoblarida 
o ‘z aksini topgan. Teylor nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» 
degan nom olgan. U yaratgani tizim esa ishchilarning «siqib suvini 
olish»ning ilmiy tizim i deb atalgan. F.Teylor ta ’limotining asosiy 
mazmuni — yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g ‘oyatda 
samarador va maqbul usullam i izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:
• mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi 
aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;
• har bir mehnat turi q at’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
• har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab 
chiqilgan qoidalarga bo ‘ysundirilgan boMishi kerak;
40


• yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalami bajarish 
uchun doimiy talabchan nazorat am alga oshirilishi lozim;
• ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi 
shart;
• boshqaruvchi bilan boshqariluvchi m as’uliyatini aniq belgilash 
va vazifalarni to‘g ‘ri taqsimlash shart.
Teyloming nuqtai nazari bo‘yicha, 
ishchilarning asosiy
vazifasi
— 
bajaruvchanlik.
F.Teylor boshqarishni «aniq qonun va qoidalarga tayanadigan 
haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va 
uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati» deb baholagan. 
F.Teylor «Boshqaruvning mumtoz maktabi»ni yaratishga asos 
soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqim lar 
ko‘rinishida rivojlanib bordi.
Amerika ishlab chiqarishni boshqaruvi bo‘yicha am erikalik 
mutaxassis Frenk Gilbert AQShda birinchi bo‘lib mehnatni ilm 
asosida tashkil qiladigan instruktorlar tayyorlaydigan maxsus m ak- 
tabni tashkil qildi. Teylorga ergashib Gilbert ishlami bajarishning 
«birdan-bir» ilmiy usulini ishlab chiqdi va uning uchun zaruriy 
shartlami o ‘matdi: ish joyini maqsadga muvofiq tuzish, m ateriallar 
yetkazib berish usuli, hamda zaruriy moslama, asbob va uskunalar 
bunyod etdi. F.Gilbert keng oshkor boMgan «Mehnatni ilm asosida 
tashkil qilish alifbosi va harakatlami o ‘rganish» nomli kitoblam i 
yozdi. Bu kitoblar 1924 va 1934-yillarda Rossiyada bir necha m arta 
nashr qilingan. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi 
amerikalik iqtisodchi G .Em erson mehnatni ilmiy tashkil qilish 
bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va m ehnatni 
tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. 
Uning asosiy qoidalari «Mehnat unumdorligining 12 prinsipi» 
nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga k o ‘ra 
quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:
1. Konkret qo‘yilgan maqsad va g ‘oyalar.
41


2. Oqil, sog‘lom fikr.
3. Jozibali, e’tiborli maslahat.
4. Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6. Tezkor, ishonchli, to ‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7. Dispetcherlik ishini olib borish.
8. M e’yorlar vajadvallar.
9. Sharoit bilan ta’minlash.
10. Operatsiyalarni m e’yorlash.
11. Standart yo‘riqnomalami tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish.
K o‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida, eng 
avvalo ikki aniq qo‘yilgan maqsad v ag ‘oya, shuningdek, oqilonafikr 
turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini 
o ‘rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi m e’yorlarini, ishni 
bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng 
muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining 
maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan 
m e’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari 
oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20—-30 foiz 
pasaytirilib, jarim a solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori 
darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o ‘z ilmiy ishlarini 
asosan 
korxona, 
tashkilot 
boshqaruvini 
takomillashtirishga 
bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv 
bilan shug‘ullanishgan. M a’muriy maktabning vujudga kelishi 
esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv 
muammolari bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratgan.
«Mumtozchilar» 
tashkilotga 
keng 
qamrovli 
kelajak 
nuqtai nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va 
qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad — boshqarishning 
universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. 
Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tibor qaratishgan:
42


• Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular 
tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruhlarga bo'lishni, moliya, 
ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning 
muhim tomonlari deb hisoblashgan.
• Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilaming oqilona 
boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik 
bo‘lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga 
bo‘ysunishi lozim degan g ‘oyani ilgari surishgan.
Ilmiy menejmentning Yevropa yo‘nalishidagi ta ’limotning 
XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi A nri 
Fayol hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga 
salmoqli hissa qo‘shgar. fransuz olimidir. U Fransiyadagi k o ‘mir 
qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o ‘zining 
boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) 
nomli kitobida umumlashtirgan.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin