‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


I BOB. MENEJMENT FANI PREDMETI VA



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

4


I BOB. MENEJMENT FANI PREDMETI VA
VAZIFALARI
1.1. Menejment tushunchasi va mohiyati
Menejment tushunchasi va mohiyati. 
Iqtisodiyotni erkin- 
lashtirish sharoitida boshqarish tizimini tubdan qayta qurish —
respubiikadaolibborilayotganislohotlarningmuhim yo‘na!ishlaridan 
biridir. Iqtisodiy islohotiaming samarali amalga oshirilishi uchun 
boshqarishning turli sohalarida ijobiy o ‘zgarishlarning boMishi ju d a 
muhimdir.
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlari: bozor iqtisodiyo- 
tini bosqichma-bosqich shakllantirish; k o ‘p ukladli iqtisodiyotni 
yaratish; korxonalarga, fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish, 
ularning faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish; 
resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlar qilish; kishilardayangicha iqtisodiy fikrlashni shakllan­
tirish.
Menejment — inglizcha so‘z boMib, ingliz tilining Oksford 
lug‘atida berilgan tavsifga binoan u:
• Boshqaruv hokimiyati va san’ati;
• Resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy 
ko‘nikmalar, degan m a’nolarni anglatadi.
Boshqacha aytganda, menejment — bu boshqaruv, y a ’ni 
resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish 
va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko^paytirish jarayonidir. 
Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o ‘ziga xos yuksak san’at va 
mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish 
va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Menejment — bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga 
toMiq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab 
chiqarish va jam iyat rivojlanishidagi murakkab tadbiri sifatida ko‘p 
omillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik, ijtimoiy-psixologik 
va boshqa rivojlanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish 
kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. M enejmem ko‘p qirralidir:


iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, 
tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan 
yuksak san’atni, mahoratni, u tomonidan qo‘llaniladigan usul va 
uslublaming keng to ‘plamini, boshqarish va tadbirkorlik malaka- 
larini talab etadi. H ar qanday tashkilot, korxona, muassasa, firma, 
korporatsiya va kompaniya tirik organizmdir.
Menejment — bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyat 
yuritayotgan korxonaning optimal xo‘jalik natijalariga ko‘p 
turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, 
funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan 
alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini 
tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu 
samarali imkoniyatlar o ‘rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment
— bu kasbiy faoliyat, fan va san’atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish, 
nazorat, tashkilot ichidagi o ‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, 
tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlami amalga oshirishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to ‘g ‘risida ko‘pchilik 
tomonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud:
• 
Yuksak san’at va mahoratni
talab qiluvchi tanlov
• 
Mustaqil fan
• Faoliyat turi, funksiya
Boshqaruv
• 
Jarayon
• 
Tashkilotlarni boshqaruvchi 
kishilar
• 
Boshqaruv 
apparati 
yoki 
organi
Menejment
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, 
tanlovni to ‘g ‘ri bajara olish, m a’qul va ishonchli qaror qabul qila 
olish hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilishga bog‘liq. 
Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g ‘ri 
tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Bu jihatlar 
xarajat miqdori, n af va bahodir.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin