‘I.H oshim ov. H indistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Т.,
“O 'qituvchi”, 1996 y il, 2 8 -2 9 betlar.
38
hokimliklari) deb ataladigan hukumat amaldorligi mansabi jo riy
etildi va h.k.).
Frederik Teylor, G.Emerson va hoshqalar (1885-1920).
• Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy
tahlilni qo‘llash.
• Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning
o ‘qitilishini ta ’minlash.
• Vazifani samarali bajarilishini ta ’minlovchi xodimlarni zarur
resurslar bilan ta ’minlash.
• Yuksak mehnat unumdorligini ta ’minlash maqsadida xodim lar
ni muntazam rag‘batlantirib turish.
M um tozyoki m a’muriy m enejm ent (1920-1950).
Mumtoz yoki ma’muriy menejment maktabining nam oyan-
dalari
Anri Fayol, Maks Veber va hoshqalar.
• Boshqaruv prinsiplarini rivojlantirish.
• Boshqaruv funksiyalarini bayon etish.
• Tashkilotni yalpi boshqarishda tizim li yondashuvni asoslash.
Insoniy munosabatlar maktabi (1950-yildan hozirgacha).
Bu maktab namoyandalari
Elton Meyo, R.Laykert va hoshqalar.
• Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o ‘zaro m unosabat-
lardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni q o ‘llash;
• Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlaming xulq-at-
voriga asoslangan holda tashkil etish.
Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi
(1950-yildan hozirgacha).
Namoyandalari
G.Saymon, P.Druker, E.D eyl
va boshqalar.
• Murakkab boshqaruv muammoiarini chuqurroq tushunish
maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo‘llash;
• Murakkab
vaziyatlarning
yechim i
bo‘yicha
boshqaruv
xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli
davrlarda o ‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllangan:
• 1950— 60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida
tashkiliy
tarkib
turgan;
39
• 1960-—70-yillarda
strategik rejalashtirish
vujudga keldi;
• 1980-yiIlardan boshlab esa, ilg‘or G‘arb firmalarida strategik
rejalashtirishdan
strategik boshqaruvga
o ‘tiladi.
Hozirgi zamon boshqaruv fani — fanlararo fandir. Boshqaru
vning har bir funksiyasini bugun maxsus fanlar:
• industrial-muhandislik sotsiologiyasi;
• ijtimoiy psixologiya;
• ijtimoiy injeneriya (erganomika);
• marketing kabilar o ‘rganadi.
Menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg‘unlashuvi
boshqarishning bozor konsepsiyasi vujudga kelishiga asos
bo‘ldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir
b o ‘layotgan o ‘zgarishlar
«Tinch boshqarish inqilobi»
nomini olgan.
3.2. Ilm iy m enejm ent nazariyasi
Ilmiy menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asming
boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha
nom bilan, ya’ni «Boshqaruvning mumtoz maktabi» deb ham
yuritilgan. Bu maktab sarchashmalarida amerikalik muhandis va
ixtirochi olim F re d e rik Teylor (1856— 1915) turgan edi. Ushbu
ta ’limot yana ham to ‘liqroq uning «sanoat korxonalarini m a’muriy
texnika tashkiloti», «Boshqaruvni ilmiy tashkil qilishning usuli va
prinsiplari», «Korxona boshqaruvi prinsiplari» nomli kitoblarida
o ‘z aksini topgan. Teylor nazariyasi keyinchalik «Teylorizm»
degan nom olgan. U yaratgani tizim esa ishchilarning «siqib suvini
olish»ning ilmiy tizim i deb atalgan. F.Teylor ta ’limotining asosiy
mazmuni — yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g ‘oyatda
samarador va maqbul usullam i izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:
• mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi
aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;
• har bir mehnat turi q at’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
• har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab
chiqilgan qoidalarga bo ‘ysundirilgan boMishi kerak;
40
• yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalami bajarish
uchun doimiy talabchan nazorat am alga oshirilishi lozim;
• ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi
shart;
• boshqaruvchi bilan boshqariluvchi m as’uliyatini aniq belgilash
va vazifalarni to‘g ‘ri taqsimlash shart.
Teyloming nuqtai nazari bo‘yicha,
ishchilarning asosiy
vazifasi
—
bajaruvchanlik.
F.Teylor boshqarishni «aniq qonun va qoidalarga tayanadigan
haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va
uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati» deb baholagan.
F.Teylor «Boshqaruvning mumtoz maktabi»ni yaratishga asos
soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqim lar
ko‘rinishida rivojlanib bordi.
Amerika ishlab chiqarishni boshqaruvi bo‘yicha am erikalik
mutaxassis Frenk Gilbert AQShda birinchi bo‘lib mehnatni ilm
asosida tashkil qiladigan instruktorlar tayyorlaydigan maxsus m ak-
tabni tashkil qildi. Teylorga ergashib Gilbert ishlami bajarishning
«birdan-bir» ilmiy usulini ishlab chiqdi va uning uchun zaruriy
shartlami o ‘matdi: ish joyini maqsadga muvofiq tuzish, m ateriallar
yetkazib berish usuli, hamda zaruriy moslama, asbob va uskunalar
bunyod etdi. F.Gilbert keng oshkor boMgan «Mehnatni ilm asosida
tashkil qilish alifbosi va harakatlami o ‘rganish» nomli kitoblam i
yozdi. Bu kitoblar 1924 va 1934-yillarda Rossiyada bir necha m arta
nashr qilingan. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi
amerikalik iqtisodchi G .Em erson mehnatni ilmiy tashkil qilish
bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va m ehnatni
tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan.
Uning asosiy qoidalari «Mehnat unumdorligining 12 prinsipi»
nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga k o ‘ra
quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:
1. Konkret qo‘yilgan maqsad va g ‘oyalar.
41
2. Oqil, sog‘lom fikr.
3. Jozibali, e’tiborli maslahat.
4. Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6. Tezkor, ishonchli, to ‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7. Dispetcherlik ishini olib borish.
8. M e’yorlar vajadvallar.
9. Sharoit bilan ta’minlash.
10. Operatsiyalarni m e’yorlash.
11. Standart yo‘riqnomalami tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish.
K o‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida, eng
avvalo ikki aniq qo‘yilgan maqsad v ag ‘oya, shuningdek, oqilonafikr
turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini
o ‘rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi m e’yorlarini, ishni
bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng
muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining
maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan
m e’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari
oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20—-30 foiz
pasaytirilib, jarim a solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori
darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o ‘z ilmiy ishlarini
asosan
korxona,
tashkilot
boshqaruvini
takomillashtirishga
bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv
bilan shug‘ullanishgan. M a’muriy maktabning vujudga kelishi
esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv
muammolari bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratgan.
«Mumtozchilar»
tashkilotga
keng
qamrovli
kelajak
nuqtai nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va
qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad — boshqarishning
universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi.
Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tibor qaratishgan:
42
• Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular
tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruhlarga bo'lishni, moliya,
ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning
muhim tomonlari deb hisoblashgan.
• Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilaming oqilona
boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik
bo‘lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga
bo‘ysunishi lozim degan g ‘oyani ilgari surishgan.
Ilmiy menejmentning Yevropa yo‘nalishidagi ta ’limotning
XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi A nri
Fayol hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga
salmoqli hissa qo‘shgar. fransuz olimidir. U Fransiyadagi k o ‘mir
qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o ‘zining
boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916)
nomli kitobida umumlashtirgan.
Dostları ilə paylaş: |