‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


Menejmentning texnokratik nazariyasi



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

Menejmentning texnokratik nazariyasi. 
1950-60-yillarda 
Amerika menejmentida shunday yo‘nalish taraqqiy topa boshladiki, 
ularni texnokratik nazariyasi oraliq birlashtirish mumkin edi. Bu 
yo‘nalishdagi ta ’limotlar orasida el it nazariyasi yoki texnokratik 
va industrial jam iyat nazariyasini keltirish mumkin. Bu nazariyalar 
kapitalizmning o ‘sha davrda yuqori darajada taraqqiy topishiga 
ijobiy javob tariqasida dunyoga keldi. Ularning vazifasiga 
boshqaruv tavsifiga ega kapitalistik ishlab chiqarishning kelajakdagi 
taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi omillami izlab topish kirgan edi. 
Barcha uch xildagi nazariyada ushbu taraqqiyotni bunyod etuvchilik 
roli menejmentga va menejerlar korpusiga beriladi.
Elit nazariyasi. 
Bu nuqtai nazar tarafdorlari jamiyatni hamma 
narsaga ega va unga bo‘ysunuvchi olomonga, boshqaruvda esa
53


«malakali» rahbarlarga va «malakasiz» ko‘pchilikka taqsimlaganlar.
Texnokratik nazariy a. Uning asoschisi amerikalik sotsiolog 
T.Veblen edi. Bu ta ’limot bo‘yicha izlanishlar olib boruvchilar 
kelajakda jam oa ishlab chiqarish taraqqiyotini oldindan belgilash 
vazifasi bilan shug‘ullanganlar. Ulaming g ‘oyasi bo‘yicha kelajak 
muhandislar va texnik ziyolilar davri bo‘ladi. Shunga yarasha, 
kelajak menejmenti — bu texnokratlar — fan va texnika vakillaridir.
Ind ustrial ja m iy a t nazariyasi vakili taniqli amerikalik 
iqtisodchi J.G elb re y t 1967-yilda o‘zining «Yangi industrial 
jamiyat» nomli kitobini nashr etdi. Unda barcha ko‘rib chiqilayotgan 
boshqaruv nuqtai nazarlarining bosh g ‘oyaIari isbotlari o ‘z aksini 
topgan. Industrial jam iyat nazariyasining tartib qoidalari elit va 
texnokratik nazariyalari vakillarining fikriga deyarli o‘xshashdir. 
Bu yerda ikkita jih at mavjud: l.Jamiyatdagi har xil turkumdagi 
odamlami ulaming m a’lumot darajasiga qarab taqsimlanishi va 
qarama-qarshiligi. 2.Texnologik menejmentga boshqaruvning ilg‘or 
kuchi rolini berish.
Industrial jam iyat nazariyasining asosiy belgilari:
1. J.Gelbreyt va uning tarafdorlari zamonaviy ishlab chiqarishni 
va undagi qaror topgan munosabatlarni yuqori darajada industrial 
jamiyat deb keladilar. Avvalgi davrda boylar va kambag‘allar orasida 
ijtimoiy kelishmovchilik hukm surgan, hozirgi davr jamiyatida bu 
kabi kelishmovchilikka barham berilgan, chunki har bir mehnat 
qilayotgan inson o ‘zining talabini qondirish uchun yetarli darajada 
pul ishlamoqda. B u nazariya tarafdorlarining fikricha odamlar 
m a’lumoti bo‘yicha boMinadi. M a’lumotlilik omili industrial 
jamiyatda, iqtisodiy va siyosiy hayotda poydevor hisoblanadi. 
Ishsizlik ham sezilarli darajada bir guruh odamlaming m a’lumotlilik 
saviyasi bilan bog‘liq, odatda ishsizlikka xalqning m a’lumoti past 
tabaqalari duchor b o ‘ladi.
2. Industrialjamiyatnazariyasidasamaraliboshqaruv muammosini 
ishlab chiqa turib J.Gelbreyt e’tibomi guruhli qarorga qaratadi va 
u kabi menejment tarkibiga firmaning faqat rahbarlarni va bosh 
m a’muriyatni kiritmasdan balki to ‘laligicha o ‘rta (oq yoqalar) va
54


past (zangori yoqalar) boshqaruv qatlamlarini ham kiritadi. Barcha 
boshqaruv tashkilotini u texnik tarkib deb nomlashni taklif etadi.
Texnokratik boshqaruv nazariyasi G ‘arb biznesining izlanish 
fikriga jamiyatning sifat darajasiga va menejmentga o ‘zining 
yo‘nalishi tufayli yangi elementlami kiritdi. Ammo ular asosan 
o‘z g‘oyalarini absolyutlashtirgani va keng doiradagi boshqa 
boshqaruv masalalariga: tashkiliy va vazifaviy tavsifga, jarayondagi 
tavsifga, ijtimoiy-psixologik omillarga yetarlicha diqqat-e’tibor 
berilmaganligi uchun boshqaruv ta ’limoti tomonidan qattiq tanqid 
qilindi.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin